|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 56/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMagistral kanal - Ikkita kommutatsiya tugunini bog‘lovchi jismoniy kanal. Kommutatsiya tugunlari bilan birga magistral kanallari ma’lumotlar marshrutlash tarmog‘ini tashqil kiluvchi asosiy tarkibiy qismlardir. Magistral kanal ko‘p sonli tizimlar tomonidan yo‘naltirilgan ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u ayniksa katta ishonchlik va yuqori utkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun magistral kanallar odatda efir, optik kabel va koaksial kabellar asosida kuriladi.
93
Magistral tarmoq - Umumiy yuqori tezlikli aloqa liniyalariga ko‘priklar, marshrutizatorlar va kanal konsentratorlari orqali bog‘lanadigan tarmoq segmentlari, boglamalari xamda aloxida stansiyalar jami.
Majoritar element - Chiqish diskret signali qiymati uning kirishlarida ko‘pchilikni tashqil etgan bir-biriga teng qiymatlarga mos ob’ekt. Majoritar element xam qurilma tarkibiy qismi, xam dastur qismi bo‘lishi mumkin. Uning moxiyati shundaki, u tok sonli kirishlarga va bitta chiqishga ega bo‘lib, guyo ovoz berish jarayonini aks ettiradi. Ya’ni, elementning chiqish signali uning kirishlaridagi bir xil signallar qiymatini aks ettiradi. Masalan, uchta kirishli majoritar elementning ikkita yoki uchta kirishiga “bir” berilgan bo‘lsa, ushbu element chiqishida xam “bir” paydo bo‘ladi. Ikki yoki uch kirishida “nol”lar bulsa, chiqishda xam “nol” bo‘ladi.
Mak Elis kriptotizimi - Xatolarni tuzatish kodlariga asoslangan kriptotizim. 1978 yili Robert Makelis tomonidan taklif kilingan. Unga ikki kamchilik xos: kalitning katta uzunligi va katta ortikchalik (shifrlangan matn uzunligi xabarning uzunligidan ikki barobar ko‘p). 1991 yili ikki rossiyalik Makelis kriptografik tizimini “sindirishgan”.
Makrovirus - Skript tili (masalan, Microsoft Visual Basic Script - VBS) yordamida yaratilgan kompyuter virusi. U foydalanuvchi tomonidan Excel yoki Word formatidagi va ayniksa Outlook pochtasi orqali qo‘llanma sifatida olingan viruslangan xujjatni ochish paytida avtomatik tarzda ishga tushadi.
Makros - Boshqa buyruqlar ketma-ketligini bajarishga olib keluvchi buyruq yoki urniga makroko‘rsatma (masalan, Assembler tilining bir necha mashina buyruqlariga aylantiriluvchi buyrugi) orqali berilgan matn yoziluvchi dastur ifodasi.
|
| |