|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 55/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатLTE (Long-Term Evolution, uzoq muddatli evolyutsiya) - uzoq muddatli rivojlanish, ko‘pincha 4G LTE deb ataladi - mobil telefonlar va ma’lumotlar bilan ishlaydigan boshqa terminallar uchun simsiz yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatish standarti. GSM/EDGE va UMTS/HSPA tarmoq texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, tarmoq yadrosini takomillashtirish bilan bir qatorda boshqa radio interfeysdan foydalanish orqali tarmoqli kengligi va tezligini oshiradi»
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul
92
qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur.
Monero - 2014 yil yaratilgan kriptovalyuta, tranzaksiyalar mahfiyligini oshirish uchun foydalaniladigan CryptoNote protokol (u jo‘natuvchini yashiradi).
MRP II (Manufacturing Resource Planning) - ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish konsepsiyasi, ishlab chiqarish quvvatlarini bir-biriga bog‘liq rejalashtirish, materiallar, moliya va kadrlar ehtiyojlari asosida.
MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qib olish, yozish, o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo‘yicha programmaga turli o‘zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo‘lib, ko‘pchilik hukmiga havola yetiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi (fayllaringizning o‘chib ketishi, OS ning buzilishi va h.k.). Hozirda ko‘pchilik firmalar o‘z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o‘z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas (Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.).
|
| |