|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 58/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMarshrutlash (routing) - Kommunikatsiya tarmog‘ida ma’lumotlar bloki xakikiy oluvchiga yetib borishi mumkin bo‘lgan marshrutni aniqlash jarayoni. Marshrutlash ob’ekt manzilini ushbu blok uzatiladigan kanallar ruyxatiga aylantirishni ta’minlaydi. Marshrutlash taqsimlangan jarayon bo‘lib, ma’lumotlar marshrutizatorlariga ega bo‘lgan tarmoqning barcha boglamalari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun xar bir boglama chakiruv yoki ma’lumotlar blokini marshrutlash lozim bo‘lgan kanalni aniqlaydi. Tarmoqlarda marshrutlashning turli uslublari qo‘llaniladi: Tanlab marshrutlashning xususiyati shundaki, ma’lumotlar bloklari, ular xakikiy oluvchiga yetib bormasligi mumkinligini nazarda tutgan xolda, birdaniga bir necha yo‘nalish bo‘yicha jo‘natiladi. Bunda marshrut oldindan tanlanib, u tarmoq xolatiga bog‘liq emas. Belgilangan marshrutlash tarmoqning mumkin bo‘lgan trafigining eng samarali marshrutlarini ko‘rsatuvchi marshrutlari jadvalini tuzishni nazarda tutadi. Moslashtiriladigan marshrutlashning belgilangan marshrutlashdan farqi shundaki, marshrutlari jadvallari trafik o‘zgarishlariga karab yangilanib turadi. Extimoliy marshrutlashda ma’lumotlar bloklarini uzatish yo‘lini tasodifiy tanlash nazarda tutiladi, bunda ular xakikiy oluvchiga yetib borishi aniq deb hisoblanadi.
Masofaviy bank xizmatlari telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda kredit tashkilotlari mijozlari uchun bank operatsiyalari va bitimlarini amalga oshirishdir
96
Masofaviy ta’lim -bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bevosita o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan ta’lim turi bo‘lib, u o‘quvchining shaxsini rivojlantirishga va ta’lim jarayonida tomonlarning kelishilgan bilim, ko‘nikma va ko‘nikmalar standartini o‘rganishga qaratilgan.
Masofaviy ta’lim instituti (MTI) - zamonaviy axborot va komunikatsiya texnologiyalari asosida biror universitetning innovatsiya ta’lim mu’itini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. U universitet bo‘limlari, kafedralari va fakultetlari faoliyatini axborotlashtirish jarayonlarini muvofiklashtiradi xamda masofaviy ta’lim texnologiyasidan foydalangan xolda turli ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Masofaviy ta’lim institutlari multimediya va web – texnologiyalari asosida o‘quv-uslubiy va texnologik bazaga, zamonaviy kompyuter vositalari va litsenziyalangan dasturiy taominotga ega bo‘lishi lozim. Binobarin, ular yordamida multimediyali kurslarni yaratish va tayyorlash, o‘quv jarayonini uslubiy va texnologik jixatdan quvvatlash lozim bo‘ladi.
|
| |