|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 66/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMonero: 2014 yil yaratilgan kriptovalyuta, tranzaksiyalar maxfiyligini oshirish uchun foydalaniladigan CryptoNote protokol (u jo‘natuvchini yashiradi).
Multimedia 1. Inglizchadan olingan: multi – ko‘p va media – tashuvchi, muhit. Axborotni turli shakldagi tashuvchilar bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi. 2. Vizual va audio effektlarning o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda namoyon bo‘lishi. Odatda bu matn, tovush va grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi. Multimedia veb-bog‘lamalari va ixcham disklarning tavsifli, agar eng muhimi bo‘lmasa, xususiyatli giper
108
ishoratlardir. 3. Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparat va dasturiy vositalar majmui. Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, videomagnitofon va videokameralarni qo‘shish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va uni raqamli shaklda qattiq magnit diskka yozishning apparat vositalari, tasvirni ustiga qo‘shish vositalariga ega. Shu bilan bir qatorda, ular tovushni aks ettirish va uning sintezi uchun tovush platasiga, axborotni ixcham diskdan o‘qish uchun uzatishga, akustik tizimni qo‘shish imkoniyatlariga egadir. 4. Xohlagan turdagi ma’lumotlarni majmuaviy tarzda taqdim etish texnologiyasi. Multimedia birgalikda tasvirlarga ishlov berish, nutqni qayta ishlash va hujjatlarga ishlov berishni ta’minlaydi. Bu ekranga tasvirni matn va tovush bilan birgalikda chiqarish imkonini beradi. Multimedianing muhim yo‘nalishlaridan biri o‘rgatuvchi tizimlarni yaratishdir.
Multiplekslash - Ikki yoki undan ortik signallarni chastotata, vaqt yoki signallar shakli bo‘yicha zichlashtirish bilan bitta fizik kanal orqali uzatish. Masalan, vaqt bo‘yicha ajratilgan multiplekslash aloqada va ajratilgan taym- slotlardan foydalangan xolda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multiplekslash texnikasi (usuli) bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multiplekslash mavjud, u liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha nta kanalni birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multiplekslash. Bu signallarni multiplekslash usuli bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 gacha) yoruglik dastasini uzatish imkonini beradi.
Multipleksor - Bir nechta ma’lumotlar okimi yoki kanalni bitta chiqish signali, guruhi yoki ko‘p kanalli xabarga birlashtiruvchi qurilma. Bir nechta radiouzatuvchilarning o‘zaro xalakitlarsiz bitta antennaga ishlashini ta’minlovchi qurilma.
Meynfreym - Yuqori samarali va resurslarga ega bo‘lgan
109
kompyuter. U noyob arxitektura va dasturiy ta’minotga, ancha katta xajmli tezkor va tashqi xotiraga ega. Ko‘p sonli chekka kompyuterlar va terminallarga ega. U rivojlangan lokal hisoblash tarmoqlarida server vazifalarini bajaradi. Resurslardan birgalikda foydalanish uchun unga boshqa kompyuterlar ulanishi mumkin.
Meshap - Bir necha manbalarning ma’lumotlarini ochiq interfeys yoki API orqali yagona integrallashgan vositaga birlashtiruvchi veb- qo‘llanma. Natijada, manbalarning xech qaysisi dastlab taklif kilmagan, noyob veb-servis turi yaratiladi.
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur.
- N -
Nanokompyuter. Mantiqiy elementlari bir necha nanometr bo‘lgan elektron (biokimyo, kvant) texnologiya asosida qurilgan hisoblash asbobi. Nanotexnologiya asosida ishlab chiqarilgan kompyuter ham juda kichkina. Nanokompyuter nazariyasining mantiqiy asoslari hali yo‘q.
|
| |