• Near field communication (NFC)
  • Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash.
  • Nomlarning domen tizimi (DNS)




    Download 1,42 Mb.
    bet68/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Nomlarning domen tizimi (DNS) - Internet kabi tarmoqlarning xar bir boglamasiga noyob nom berishning shajaraviy tizimi. Nom subdomenlardan, ya’ni chapdan ungga usuvchi shajara darajalarini bildiruvchi nuqtalar bilan ajratilgan qismlardan iborat. Nomda istalgancha domenlar soni bo‘lishi mumkin, birok odatda ularning soni beshdan oshmaydi. Xar bir domen ma’nosi tegishli shajara darajaga javobgar shaxslar tomonidan tasdiklanadi. Nomlarning domen tizimi kompyuterlarni ma’lumotlar almashuvini ta’minlash uchun IP-manzillariga aylantiriluvchi so‘zlardan iborat nomlar bo‘yicha yo‘llash uchun qo‘llaniladi.
    Near field communication (NFC) - kichik radiusli simsiz ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi, bu esa taxminan 10 santimetr masofada joylashgan qurilmalar o‘rtasida ma'lumot almashish imkonini beradi


    - O -




    Ob’ektga yo‘naltirilgan arxitektura - Asosi, tizim yoki tarmoqning bir biri bilan o‘zaro aloqada ishlovchi ob’ektlar to‘plami bo‘lgan arxitektura. Ob’ektga yo‘naltirilgan arxitektura ob’ekt texnologiyalarini belgilaydi. Bu arxitektura asosida dasturlashda, ma’lumotlarga kanday ishlov berilishi tavsiflanmaydi, balki, ishlov berish natijasida nima yuz berishi uqtirilgan xabar yo‘llanadi. Algoritmlarni tavsiflash ob’ektga
    112
    yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib amalga oshiriladi.
    Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash. Dasturlashning hozirgi kunda eng ommaviy uslubiyati. U ob’ektlar, ya’ni standart bloklardan, tashkil topgan amaliy dasturlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Strukturali dasturlashning rivojlanishidir. OOP ning markaziy g‘oyasi inkapsulyatsiyadir, ya’ni, dasturni alohida shakldagi, ma’lumotlarni va ularni ishlov beruvchi tartibotlari bilan birlashtirgan holda modullarga (klasslarga) tuzilmalashdir. Har bir shunday klass, amalga oshirish (yoki ifodalash) deb ataluvchi ichki qismga va interfeys deb ataluvchi tashqi qismga ega. Amalga oshirishdan faqat interfeys orqali foydalanish mumkin. Odatda, interfeysda xossalarni (sintaksisda o‘zgaruvchidek ko‘rinadi) va usullarni (sintaksisda tartibot yoki funksiyadek ko‘rinadi) ajratadilar. Klass usul- konstruktorlarga va dasturni bajarilish vaqtida klasslarning nusxalarini yaratish va yo‘q qilishga imkon beradigan destruktorlarga ega bo‘lishi mumkin. Bir klassning nusxalari, o‘zaro o‘xshash (masalan, klassning usulini meros olgan), ammo farqlanadi ham (masalan, xossalari turli qiymatga ega). Klasslarni va klass nusxalarini ob’ektlar deb ataladi, “ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash” nomi ham shundan kelib chiqqan.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150




    Download 1,42 Mb.