|
Mobil telefon va mobil aloqa muhiti
|
bet | 65/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMobil telefon va mobil aloqa muhiti. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekrangaega bo‘lib asta- sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
Mobil qurilmalar- smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, telefonlar va netbuklarni o‘z ichiga olgan bir qator qurilmalar, ularning asosiy xususiyati hajmi va ular bajaradigan funktsiyalar soni.
Modem. “Modulyator demodulyator”ning qisqartmasi. Ushbu qurilmaning ish tamoyilini belgilaydi: kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shaklga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish. Modem signalning telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab uzatishni
107
ta’minlaydi. Modem yordamida Internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali ishlash mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng ko‘p foydalanish tezligi – 56 Kbit/s. Mazkur atama ba’zan tezkor kabel yoki DSL modemlari hamda ISDN terminal adapterlariga nisbatan qo‘llanilsa ham, ushbu qurilmalarning barchasi texnik nuqtai nazardan ma’lumotlarning raqamli uzatilishini amalga oshirib modem hisoblanmaydi.
Modulyatsiya Bitta statsionar signalning boshqa signal shakliga ko‘ra o‘zgarishi jarayoni. Modulyatsiya ma’lumotlarni elektromagnit nurlanish yordamida uzatishda amalga oshiriladi. Modulyatsiyaning asosiy usullari: 1. Amplituda modulyatsiyasi olib boruvchi amplitudaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 2. Chastota modulyatsiyasi 0,1 signallari turli chastotalarga ega sinusoidlar shaklida uzatilishini nazarda tutadi. 3. Fazaviy modulyatsiyada “bir”dan “nol”ga va “nol”dan “bir”ga o‘zgartirilganda sinusoidal tashuvchi fazasi 180 ga o‘zgaradi. Yuqori tezlikda ishlaydigan modemlarda qo‘llaniladi. 4. Impuls-kod modulyatsiyasida analog signal qator impulslar sifatida kodlanadi. Kodlash-dekodlash qurilmalarida qo‘llaniladi. 5. Spektr modulyatsiyasidan foydalanganda tashuvchi chastotasi bo‘yicha uchinchi, ya’ni kod signali bilan birgalikda modulyatsiyalanadi. Harbiy texnika va paketli radio tarmoqlarida ishlatiladi
|
| |