|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 61/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMashinali o‘rganish - bu ma’lumotlardagi konunlarini topish va ularga asoslangan kerakli prognozlarni yaratish uchun statistikani kompleks qo‘llashdir.
Mashinalarni o‘zaro ta’siri - mashinalar bir-biri bilan ma’lumot almashish, yoki bir tomonlama uni uzatish imkonini beradigan texnologiyalari umumiy nomi. Bu simli va simsiz sensor monitoring tizimlari yoki har qanday qurilma parametrlari (harorat, joylashuvi va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar markazi yoki ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi server va tarmoq uskunalarini joylashtirish (hosting) va abonentlarni Internet kanallariga ulash uchun maxsus bino hisoblanadi.
Ma’lumotlar modeli ma’lumotlar strukturalari majmui va ular ustida olib boriladigan amallardir. Bog‘lanishlarning o‘rnatilish usuliga ko‘ra ma’lumotlar o‘rtasida iyerarxik, tarmoqli va relyatsion modellar mavjud.
Ma’lumotlarni bulutli saqlash - mijozlar uchun, asosan, uchinchi tomonidan taqdim etilgan ko‘plab tarmoq tarqatiladigan serverlarda saqlanadigan onlayn saqlash modeli.
Ma’lumotlarning intellektual taxlili (MIT) - Katta xajmdagi ishlov berilmagan ma’lumotlarda yashirin qonuniyatlarni yoki o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash. Klassifikatsiya, modellash va bashoratlash masalalarini uz ichiga oladi. “DataMining” atamasi Grigoriy Pyatetskiy-Shapiro tomonidan 1989 yili kiritilgan. “DataMining” ingliz atamasi to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimaga kilinmagan (ma’lumotlarni kazib chiqarish, ma’lumotlarni ochish, axborot o‘tishi va x.k.), shuning
100
uchun ko‘p xolatlarda tarjimasiz original termin ishlatiladi. Eng muvaffakiyatli tarjima bu “ma’lumotlarning intellektual taxlili” hisoblanadi. MIT uz ichiga statistik taxlilning va mashinaviy o‘qitishning modellarini va usullarini oladi va ulardan farqli ko‘prok ma’lumotlarni avtomatik taxlil kiladi. MIT uskunalari ma’lumotlarning taxlilini muayyan matematik bilimlarga ega bo‘lmagan predmet mutaxassislari (taxlilchilar) tomonidan olib borish imkonini beradi.
Megapiksel - Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto- va videokameralarning eng muxim xarakteristikalaridan biri, ya’ni matritsaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda ulchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanerlangan tasvirning kattaligini xam ma’lum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda ulchanadi.
Media - Ommaviy axborot vositalari (OAB). Ma’lum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. Informatikada “media” so‘zi turli moddalarni - kogoz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi.
|
| |