|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 69/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатOb’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi (OODB – object oriented database) - Ma’lumotlari ob’ektlar shaklida ifodalangan ma’lumotlar bazasi. Kompyuterli loyixalash texnologiyasida ilk bor paydo buldi, ob’ektga yo‘naltirilgan arxitekturaga asoslanadi. OODB ni ishlatish evaziga, ko‘psonli tasvirlarni ma’lumotlar elementlariga bo‘lmaslik, ularni ob’ektlar shaklida rasmiylashtirish imkoniyati paydo buldi. So‘ngra, OODB ni xar xil ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladigan yuqori unumdorli jarayonlar va masalalarda ishlata boshladilar. OODB ma’lumotlarga taqsimlangan ishlov berish uchun juda qulay. OODB mijoz-server arxitekturasiga juda xam mos keladi. Bu yerda, mijozlar serverda joylashtirilgan
113
bazaning ob’ektlariga murojaat kiladilar, ular haqida ma’lumotlarni kuchirib, lokal tarzda ishlov beradilar. OODB ni ob’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi boshqaradi.
Ob’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimi (OODBMS) - Ob’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasiga asoslangan. Ob’ektlar shaklida saqlanayotgan ma’lumotlarning murakkab turlari bilan ishlashga imkon beradi, shu bilan birga, ma’lumotlar amaliy dasturlardan mustaqil ravishda saqlanadi. OODBMS tranzaksiyalar ishlovida yuqori unum beradi, shu sababli, tasvirlar va tovushni, relyatsion baza talab kilgani kabi jadval shaklida ifodalamaydi.
Ob’ektga yo‘naltirilgan operatsion tizim - Ob’ektga yo‘naltirilgan arxitekturaga ega bo‘lgan operatsion tizim. Tizimning eng muxim bo‘g‘ini bo‘lib, operatsion tizimning asosiy vazifalarini bajaradigan mikroo‘zagi hisoblanadi. Uning yuqorisida, turli xizmatlarni taqdim qiladigan modullar joylashadi. Mikrouzak bilan ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari bog‘langan.
Ob’ektlarni bog‘lash va joylash texnologiyasi (object linking and embedding technology (OLE)) - Windows muhitida amaliy jarayonlarning o‘zaro ishlashini amalga oshiruvchi ob’ektga yo‘naltirilgan arxitektura. U Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chikilgan va Plug-and-Play texnologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. 1991 yilda paydo bo‘lib, OLE operatsion tizimlarning amaliy dasturlari orasida ma’lumotlar uzatishni ta’minladi. Bunday o‘zaro ishlash amaliy dasturning umumiy interfeysidan foydalanishga asoslanadi. Bundan tashqari OLE, ma’lumotlardan uzokdan foydalanishni, tranzaksiyalarga ishlov berishni, amaliy dasturlarni tarmoqda taqsimlashni ta’minlaydi. OLE ikkita piktogramma orasidagi ma’lumotlarni shatakka olish protokoli shaklida ikki amaliy dasturlar taqdimi sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon
114
kursor yordamida bir juft oynalarni, ular orasida uzatishni bajarish kerakligini ta’kidlash bilan bajariladi.
Onlayn banking - Bank hisob raqamlarini telefon (telebanking), shaxsiy kompyuter va Internet (Internet- banking) yoki ixcham qurilmalar (mobil banking) orqali masofadan boshqarish.
Onlayn broker - Internet orqali uz xizmatlarini taqdim kiladigan broker. Texnologiya nuqtai nazaridan Internet telefonga nisbatan, ko‘prok mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar qabul qilish uchun qo‘shimcha vositadir.
|
| |