|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 72/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатPoloniex: shtab-kvartirasi Delaverda joylashgan kriptovalyuta birjasi. 2017 yilning avgustida ularga nisbatan AQSh sanksiyalari amal qiladigan mamlakatlar bilan ishni to‘xtatishi haqida ma’lum qildi.
Pool Mining – bir qancha kichik maynerlar o‘zlarining resurslarini bir joyga yiqqan xolda kriptovalyuta mayningi bilan shug‘ullanadilar. Bu yakka xolda ishlagandan ko‘ra ancha havfsizroq faoliyat turi hisoblanadi. Pulni tanlash uchun tematik forumlarga o‘tish va u yerdan xamkorlarni topish mumkin. Kriptovalyutani elektron pullar deb atash mumkin. Ularni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, lekin oddiy pullarga almashtirish va turli valyutalar uchun xos bo‘lgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish: ularga nimanidir sotish va sotib olish mumkin. Kriptovalyuta nafaqat to‘lov vositasi sifatida, balki investitsiyalash usuli sifatida ham ishtirok etadi – oxirgi oylarda kriptovalyutalar narxi sezilarli o‘sib, bu ularni yaxshigina pul ishlab topishning yuqori riskli usuli sifatida ko‘rib chiqishga majbur qiladi.
ProofofStake. PoS, «egalik qilish ulushining isboti»: kriptovalyutalarda himoya usuli va murosaga erishish vositasi (bloklar zanjirini umumiy ko‘rish), bunda schetidagi tangalar soni katta bo‘lgan foydalanuvchilar yangi blok yaratish va mukofot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Phoenix miner – bu AMD, nVidia videokartalarda kriptovalyutalarni mayning qilish uchun dastur. Ushbu dastur juda samarador ishlaydiganlar qatoriga kiradi va ish
118
unumdorligini 20% ga ko‘tarish imkonini beradi. Dasturni yuklash uchun kriptovalyuta mayningiga mutaxassislashgan saytlarining biriga kirish yoki shunday tematik forumlarga kirish talab etiladi.
Piksel – kompyuter ekranining eng kichik nuqtasi.
Platforma texnologiyasi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: bu muayyan sohada bir yoki bir necha muhim vazifalarni bajarishi kerak; bu muayyan "standartlar«ni aniqlashi va yechimlarni umumiy arxitekturasiga ta’sir qilishi kerak; tarmoq hamkorligi orqali rivojlanish imkoniyatlarini yaratish uchun boshqalarga ochiq yoki yarim ochiq bo‘lishi kerak; Muzokaralar olib borish va murosaga kelishni talab kiluvchi platformani rivojlantirish strategiyasini shakllantirish uchun o‘yinlar nazariyasini qo‘llash foydalidir. Rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda yuqori texnologiyali kompaniyalarni rivojlantirish uchun strategik ustuvor platformalar yaratish va ularga asoslangan biznes ekotizimlarini kompaniyaning uzoq muddatli muvaffaqiyati uchun omil sifatida shakllantirish muxim o‘rin tutmokda. Platformani shakllantirish jarayoni uch bosqichni o‘z ichiga oladi: "qayerda va qachon zarur" tamoyili bo‘yicha ochiq manbalardan ma’lumot to‘plash va uni qulay formatda taqdim etish; foydalanuvchilarga saytda (platformada) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot kiritish, aniqlashtirish va ishlashni ko‘rsatish; platformaning "targ‘iboti" dan keyin tegishli reklamalarni beruvchilardan haq olish. Eng keng tarqalgan bo‘lib birja turidagi platformalar (savdo maydonchasi, ikki tomonlama bozor) hisoblanadi, ular ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni o‘zaro manfaatli almashishlari uchun birlashtiradi, masalan: "Yandex.Taksi". Platformalar o‘z yadrosi, infratuzilmasi va o‘yin qoidalari bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin, lekin deyarli har bir muvaffaqiyatli platformada to‘rt turdagi uyinchilar bilan o‘zining tizimi shakllanadi, ammo tezlikda bir roldan
119
boshqasiga o‘tishi mumkin. Platformalarning asosiy xususiyati tarmoq samarasining mavjudligidir: agar platformadan ko‘proq foydalanuvchilar foydalansa, platforma foydalanuvchilar uchun qimmatroq bo‘ladi. Bu ko‘p jihatdan ko‘plab platformalarning tez o‘sishini bildiradi. Tarmoq samarasining ikki turi mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoq samarasi (masalan G‘aseook foydalanuvchilari yanada ko‘proq foydalanuvchilarini jalb kiladi); bilvosita tarmoq samarasi (masalan video o‘yin foydalanuvchilari boshqa tomondan ko‘proq foydalanuvchilar jalb kiladi- masalan videouyin ishlab chiquvchilarni). Bugungi kunda jismoniy shaxslar doimiy ravishda Internetga ulanish qobiliyatiga ega bo‘lib, qo‘llarida 10 milliardga yaqin mobil telefonlari bo‘lsa, muloqotning soddaligi tarmoq samarasini sezilarli darajada oshiradi. Tarmoqning o‘sishi uning qiymatini oshiradi va yanada ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qiladi. Bu dinamika o‘z-o‘zini kuvvatlovchi o‘sish holatini yaratadi. Platformalar kompaniyani boshqarish usulini o‘zgartirib, ularni strategiyalarini, biznes modellarini, yetakchilikni, tashkiliy tuzilmalarni va qiymatni yaratish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Platforma sifatida yetakchilikka erishish istagi kompaniyaning sheriklar ekotizimini yaratishni talab qiladi
|
| |