|
Platformalarni yaratish muammolari
|
bet | 74/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатPlatformalarni yaratish muammolari - hamkorlik arxitekturasi muammolari. Hozircha, tayanish mumkin bo‘lgan murakkab tarmoqli hamkor tuzilmalarni faol shakllantirish tajribasi yo‘q; hamkorlik ishtirokchilari o‘rtasida ishonch mexanizmlarini shakllantirish. Klaster va yekotizim hamkorlik va raqobat muvozanatini ta’minlashi kerak. Ishonch hosil qilish uchun ishtirokchilar o‘rtasida muloqotni ochish, axborot almashish ko‘lamini kengaytirish, bilim va yetuklik tarmog‘ini shakllantirish lozim. Agar hakamlik va arbitraj institutlari samarali faoliyat ko‘rsatmasa, shaxsiy va shaxslararo ishonch tizimi rivojlanib ketadi; axborot muammolari, shu jumladan mavjud tashqiliy tarmoqlar va ekotizimlar tuzilishi bilan bog‘liq. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarda konsalting firmalari talab qilingan kompaniyalarning tarmoqlari va ittifoqlarini tavsiflovchi xizmatlarni taklif qiladi, chunki rasmiylashtirilgan bitimlar davlat organlari bilan ro‘yxatga olinadi. Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, kompaniyalarning bir-biri bilan iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish deyarli ko‘r- ko‘rona amalga oshiriladi; infrastruktura muammolari ekotizimlarning to‘liq ishlashiga texnologik infratuzilmaning tayyor bo‘lmasligi bilan bog‘liq; boshqaruv muammolari- hamkor tuzilmaning faoliyat ko‘rsatishi uchun biznes modelini qurish va uning faoliyatini monetizatsiya qilsh, muvofiqlashtirishni tashqil yetish xamda tarmoq hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish muammolari.
Platformali biznes modeli - buni yaratish uchun tuzilmali yondashuvdan foydalaniladi: biznesni platforma formatida taqdim yetish. Bu bosqichda yuqorida bayon kilingan platforma texnologiyasi mezonlariga amal qilish mumkin; platformaning biznes modelining dizayn bosqichida platforma ishtirokchilari o‘rtasida ushbu o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va tartibga solish imkonini beradigan ochiq infratuzilmani
122
rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik qilish uchun asosni ta’riflash kerak; platforma ko‘lamini kengaytirish uchun kumulyativ qiymatni tavsiflash (qiymat oriyentirlarini shakllantirish) va ishtirokchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash va bunday o‘zaro ta’sirning muvaffaqiyatsizligini minimallashtirishga qaratilgan asosiy boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish lozim. Platformaning ko‘lamiga o‘zaro ta’sirning takroriyligi va samaradorligini oshirish orqali erishiladi; tarmoqlar dunyosida virusli o‘sishning harakatlantiruvchi kuchlarini bilish va kompaniyaning marketing va texnik harakatlariga e’tibor qaratish kerak; teskari tarmoq samarasini hisobga olish kerak, ya’ni kachon masshtab (ko‘lami) o‘sishi biznes uchun zararli bo‘lishi mumkinligini tushunish kerak, chunki o‘zaro birgalikdagi harakat bir vaqtning o‘zida sifatini ta’minlashi kerak. Bir qator mualliflar platformalarni iqtisodiy katalizatorlar deb hisoblaydilar. Iqtisodiy katalizator - ikki yoki undan ortiq iste’mol guruhlari o‘rtasida samarali o‘zaro ta’sir orqali minimal xarajat qiymatini shakllantiruvchi mexanizmlar va jarayonlarni tashqil etuvchi innovatsion kompaniya hisoblanadi.
|
| |