• Paketlarni kommutatsiyalash
  • Opsiya - variant tanlash imkoniyatlaridan biri, fakultativ imkoniyat. Menyu elementi




    Download 1,42 Mb.
    bet71/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Opsiya - variant tanlash imkoniyatlaridan biri, fakultativ imkoniyat.
    Menyu elementi - (taklif kilinayotgan tanlash variantlaridan biri).
    Optik tola Diametri 50-125 mkm bo‘lgan, ko‘pincha kvarsdan yasalgan, yupqa shaffof tola. Optik kabelda yorug‘lik uzatgichlari sifatida ishlatiladi. Optik tola, ma’lumotlarni uzatishda juda kam yuqotishga va keng o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, elektromagnit shovqinlarni sezmaydigan, amaldagi benuqson muhitdir.
    116
    - P –


    Paketlarni kommutatsiyalash Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish usuli. Unda axborot paketlarga bo‘linib, har bir paketda qabul qilish va jo‘natish punktlarining manzillari ko‘rsatiladi. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqning ayrim ikki foydalanuvchisining o‘zaro ishlashini sekinlashtiradi, lekin umuman olganda tarmoqda uzatilayotgan ma’lumotlar hajmini oshiradi. Paketlarni kommutatsiyalashning kanallarni kommutatsiyalashdan farqlaydigan xususiyati shundaki, unda kommutatsiyasini xotiraga olish va kommunikatsiya tarmog‘i kanallarini jamoa bo‘lib ishlatish mumkin. Bu yerda birorta ham kanal foydalanuvchi tizimlari jufti yoki ma’muriy tizimlar tomonidan hatto seans o‘tkazish davrida ham egallanmaydi. Paketlar o‘sha bir kanal orqali kirish ketma-ketligi tartibida manbalar va qabul qiluvchilardan qat’iy nazar uzatilaveradi Boshqacha, kanal o‘zaro ishlagan foydalanuvchilar tomonidan faqat har bir paketni uzatish vaqtida egallanadi.
    Payme CARD - bu elektron hamyon bo‘lib Payme dasturidagi virtual hisob. Uni yaratish uchun sizga bank kartasi kerak emas, shuning uchun hamma uni istisnosiz ochishi mumkin. Shuningdek, qarindoshlar va do‘stlar uchun elektron hamyonni ochish, ularning kartalaridan unga mablag‘ o‘tkazish va kerakli xizmatlar va tovarlar uchun mustaqil ravishda to‘lashga imkon berish uchun qulay. Hamyon egalari yetkazib berish, kommunal xizmatlar, Internet uchun to‘lovlarni to‘lashlari, jarimalarni to‘lashlari, o‘zlarining telefon hisob raqamlarini to‘ldirishlari va budjetni Payme ilovasida kuzatib borishlari mumkin - bir so‘z bilan aytganda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni bank kartalarini ochmasdan yoki tashkilotda ishlamasdan turib, bank kartalari egalari bilan teng ravishda amalga oshirishlari mumkin. Kompaniyaning veb-saytida (Payme.uz) hamyonni onlayn ravishda ochishingiz yoki Play Market
    117
    yoki AppStore dan Payme dastur ilovasini yuklab olishingiz mumkin. Hamyonni ochish uchun ikkita variant mavjud: oddiy foydalanuvchi sifatida va identifikatsiya qilingan foydalanuvchi sifatida. Buning uchun bepul identifikatsiyadan o‘tishda ko‘rsatmalarga muvofiq pasportni rasmga olish va arizangizni ko‘rib chiqish orqali o‘tish kifoya - ushbu jarayon foydalanuvchilarga noyob funksiyalarga kirish huquqini beradi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Opsiya - variant tanlash imkoniyatlaridan biri, fakultativ imkoniyat. Menyu elementi

    Download 1,42 Mb.