• Operatsion tizim (OT
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet70/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Onlayn texnologiyalar Tarmoq axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotning sinxron almashuvini ta’minlab beruvchi, xabarlarning kommunikatsiya vositalari: “suhbat kanallari” (chatlar), audio- va videoanjumanlar va boshqalar.
    Onlayn xizmat. Internetda maxsus dasturlar yordamida taqdim qilinadigan xizmatlar. Masalan, keng tarqalgan xizmatlar: qidirish tizimi, veb-xosting, veb-pochta, Internetda turli axborotni saqlash (fayllar, xatcho‘plar), taqvim va boshqalar. Onlayn xizmatlarning muhim xossasi shundaki, ular sizning provayderingiz, kompyuteringizga va brauzeringizga bog‘liq emas, siz o‘zingizga tegishli ma’lumotlar bilan, Internetdan foydalanish imkoniyatingiz bo‘lgan dunyoning ixtiyoriy nuqtasida ishlashingiz mumkin.
    Operatsion tizim (OT) - Dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqarish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘prok dasturiy bulsalar xam, birok, qisman apparat vositalari qo‘llanishi xam mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:- fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, foydalanishni nazorat qilish); dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash,
    115
    yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va x.k.); xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va x.k.); foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichkonchadan buyruqlarni ukish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va x.k.) kiradi. Bundan tashqari, operatsion tizimlar kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan - lokal tarmoqlardan global korporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarmog‘idan foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris, Doppix va boshqalar. Operatsion tizim uzagi (OS kernel) - Operatsion tizimning (OT) markaziy qismi, u qo‘shimcha uskunalarga kompyuter resurslariga, masalan, protsessor vaqti, xotira va tashqi apparat ta’minotlarga, o‘zaro moslangan xolda kirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, odatda uzak fayl tizimi va tarmoq protokollari uchun xizmatlar taklif kiladi. Uzak OT ning asosiy elementi sifatida, qo‘shimcha qo‘llanmalarning ishlashi uchun kerakli tizim resurslariga eng
    past darajadagi abstraksiya hisoblanadi. Qoidaga kura, qo‘llanmalarning bajarilayotgan jarayonlariga bunaka tarzdagi
    kirish imkoniyatini protsessorlarning o‘zaro aloqasi orqali va
    qo‘llanmalarning OT tizimli chakiruv mexanizmi orqali erishiladi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150




    Download 1,42 Mb.