• Neyrolingvistik dasturlash
  • Neyron kompyuteri
  • Neyron tarmog‘i.
  • Niderrayter kriptotizimi
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet67/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Nanotexnologiya. Fundamental va amaliy fan va texnikaning fanlararo sohasi, u nazariy isbot bilan bir qatorda, amaliy izlanish usullarini, tahlil va sintez, ishlab chiqarish usullari va berilgan atamalar tuzilmali mahsulotlarni alohida atom va
    110
    molekula tomonidan manipulyatsiya nazorati orqali qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
    Neyrolingvistik dasturlash - So‘z orqali ishontirishning aloxida shakllari yordamida inson ichki ongiga manipulyativ ta’sir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonda yetarli darajada mustaxkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali xam amalga oshirilishi mumkin.
    Neyron kompyuteri - Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlash uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga uxshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. Uzini sozlaganidan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi.
    Neyron tarmog‘i. Bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan nerv hujayralari yoki ularning harakatlarini modellashtirayotgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan tarmoq. Neyron tarmoqlari sun’iy intellektda inson miyasi faoliyatini modellash uchun o‘rganiladi. Ushbu tarmoq miya kabi ko‘pgina kiruvchi signallaridan parallel tarzda ta’sirlanuvchi bir-biriga bog‘langan neyronlardan tashkil topgan. Odatda neyron tarmog‘i avvalo ko‘p hajmdagi ma’lumotlar yoki ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi qoidalarini o‘rganadi (masalan, “Bobomning yoshi otamnikidan kata”). Neyron tarmog‘i avvalgi boy tajriba bazasiga ega bo‘lganda asosan samaralidir. Neyron tarmoqlari sohasiga 1950-yillarda Stenford universiteti vakili Bernard Vidrou asos solgan. Neyron tarmoqlari ovozni tanish, tasvirlarni aniqlash tizimlari, sanoat robotlari, aeronavtika, ma’lumotlarni olish va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
    111
    Niderrayter kriptotizimi - Xatolarni tuzatish kodlariga asoslangan kriptotizim. 1986 yili G.Niderrayter tomonidan taklif kilingan.
    Nik (nickname) - Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, xakikiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil kayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150




    Download 1,42 Mb.