|
«Raqamli» iqtisodiyot tashkil qilishga rejali yondashuv
|
bet | 79/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугат«Raqamli» iqtisodiyot tashkil qilishga rejali yondashuv davlat rahbarligi ostida infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirishni va mos keluvchi sektorni turli iqtisodiy sub’ektlar bilan maqsadli yo‘naltirilgan «to‘ldirish»ni ko‘da tutadi. «Raqamli» iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida xususiy
128
«birinchi o‘rinda, kichik va o‘rta) biznesning rivojlanishiga xizmat qiladigan sharoitlar ham yaratadi.
Raqamli iqtisodiyot tashkil qilishga bozor yondashuvi ko‘zda tutadiki, davlat raqamli iqtisodiyot uchun optimal sharoitlar, birinchi o‘rinda, uning faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratadi va bu bilan biznesni ushbu yangi sektorga o‘tishga rag‘batlantiradi. Optimal sharoitlar me’yoriy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterli o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar majmui va texnologiya baza mavjudligini ko‘zda tutadi. Raqamli iqtisodiyot ijobiy samarasi ko‘lamga bog‘liq ekanligi sababli, ushbu yondashuvni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda mustaqil iqtisodiyot sub’ektlari – xususiy biznes mavjudligi talab qilinadi.
Rakamli modem - Ma’lumotlarni uzatish uchun analog modemlarga nisbatan yukorirok chastotalardan (4 KGtsdan 1-2 MGtsgacha) foydalanadigan modem. Bu esa ma’lumotlarni bir necha Mbit/sekund tezlikda uzatish (maksimal tezlik aloka liniyasining sifatiga va aloka boglamasigacha bulgan masofaga boglik) imkonini yaratadi. Rakamli modem past chastotalardan foydalanmagani sababli, ulanishni uzmagan xolda telefonda gaplashish imkoni buladi
Rakamli multipleksor - Vakt buyicha gurux tashkil etish yordamida bir kancha rakamli signallarni bir tarkibiy rakamli signalga birlashtiruvchi apparatura.
Raqamli platforma - mahsulot, xizmat yoki yechimlarni keng qamrovli komponentlarga asoslangan holdagi foydalanish modeli bulib, u mavjud bozorlarni kengaytirish va yangilarini yaratish imkonini beradi, foydalanuvchilarga oddiy tashkil etuvchi komponentlar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq afzalliklar keltiradi. mijozlar va etkazib beruvchilar o‘rtasidagi boglanishni(muloqotni) osonlashtirish imkoniyatlarini beradi.
129
Raqamli platforma - katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlovchi raqamli texnologiyalar to‘plamini kullash asosida tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishga olib keluvchi yagona axborot muxitida amalga oshiriluvchi o‘zaro manfaatli munosabatlarni algoritmlash tizimi.Ulardan eng muhimi tarmoq samarasidan faol foydalanishdir. Tarmoq samarasi bu , ko‘proq yangi foydalanuvchilar jalb kilinishi asosida, foydalanuvchilar o‘z-o‘zini barqaror o‘sishi spiralini yaratadi degan ma’noni anglatadi. Zamonaviy platformalar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
platforma ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni algoritmlashtirish;
platforma ishtirokchilarining o‘zaro manfaatli munosabatlari;
platformani o‘zaro hamkorlik uchun foydalanuvchi ishtirokchilar soni (ko‘lami) faoliyati axamiyati;
ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lgan yagona axborot muhitining mavjudligi va tegishli axborot texnologiyalari infratuzilmasi;
turli platforma ishtirokchilari bilan o‘zaro bitim xarajatlarini kamaytirish shaklidagi samara mavjudligi.
platformalar qiymatni ikki asosiy yo‘l bilan yaratadi. Tranzaksiya platformalarga to‘g‘ri keladigan birinchi yo‘l xar xil turdagi shaxslar va tashkilotlar o‘rtasidagi bitimlarni yengillashtiradi. Misol kilib Uber, Google Search, Amazon, Marketplase, Ebay larni kursatish mumkin. Ushbu turdagi platforma ba’zan ikki tomonlama bozor deb ataladi. Shuningdek, shunday innovatsion platformalar bulib, ular ko‘plab innovatorlarning qo‘llab-quvvatlovchi mahsulot va xizmatlarni yaratishi mumkin bo‘lgan texnologik poydevorni taqdim etadi. Ushbu qo‘llab-quvvatlovchi innovatorlar butun dunyo bo‘ylab va har qanday joyda bo‘lishi mumkin va ular birgalikda platforma
130
atrofida innovatsion ekotizimni yaratadilar. Misol kilib, yuz minglab ilovalarga ega bo‘lgan iPhone ni keltirish mumkin, bu ilovalar butun dunyodagi innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular Apple ochiq texnologiyasidan foydalanadi, natijada yangi innovatsiya va o‘sish davrini keltirib chiqaradi. Ayni paytda, xar biri 1 milliard dollardan ortiq kapitalga ega bulgan 176 ta platformalarni kursatish mumkin. Ushbu kompaniyalarning umumiy kapitali 4,3 trln. dollardan oshadi. Platformalarning eng ko‘p qismi Osiyoda - 82 ta, ikkinchi o‘rinda Shimoliy Amerikada
- 64 ta joylashgan. Biroq, Amerikada platformalarning jamoaviy kapitallashuvi ancha yuqori. Shimoliy Amerika dunyo kapitalining 72% iga, Osiyo esa faqat 22%i ga ega. Platformalar bandlik jihatidan juda katta samara ko‘rsatadi. Platformalarning bandlikka bilvosita ta’siri haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin emas. Biroq, bu raqam uchinchi tomon ishlab chiquvchilarining ekotizimini qurish g‘oyasini hisobga olgan holda juda muhim bo‘lishi mumkin. Misol uchun, fakat SAP platformasi butun dunyo bo‘ylab 13000 dan ortiq hamkorlarga ega. Aksariyat platforma kompaniyalari tranzaksion platformalardir. Bu guruh umumiy bozor kapitallashuvi 1,1 trln dollarga teng bulgan 160 ta platformalarni o‘z ichiga oladi. Deyarli barcha xususiy platformalar ushbu toifaga kiradi. Bu guruhdagi platformalar o‘z ichiga: ijtimoiy platformalar. mahsulotlarni sotish buyicha internet do‘konlar, media, musiqa, moliyaviy xizmatlar va kompyuter o‘yinlarini oladi.
|
| |