|
Rakamli texnologiyalar asri
|
bet | 82/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатRakamli texnologiyalar asri - rakamli texnologiyalar global ravishda tarkalganda yuzaga kelgan atama. Bu jarayon zamonaviy xayotning ijtimoiy-madaniy jixatlariga sezilarli ta’sir kursatadi
Raqamli to‘siq, raqamli tengsizlik - zamonaviy aloqa vositalariga ega bo‘lmaganligi sababli ijtimoiy guruh uchun imkoniyatlarni cheklash.
Raqamli texnologiyalar- ma’lum bir ketma-ketlikda va ma’lum bir chastotada kod pulslarini yozish uchun elektron hisoblash uskunasidan foydalanadigan texnologiyalar.
Rakamli xarita - rakamli shaklda xuddi rastrli fayl kabi takdim kilingan tasvir. U xavo yoki kosmik (uchar) apparatlardan bevosita radiokanal orkali yoki analog tasvirlarni skaner, tele- yoki videokameradan rakamlash yuli bilan olinadi
Rakamli xamyon - plastik kartadan foydalanib Internet tarmogida tovar uchun xak tulashga mo‘ljallangan dastur. Mijozga Internet orkali xavfsiz xisob-kitob kilish imkonini beradigan dasturiy ta’minot. elektron xamyon
Raqamli hukumat - davlat organlariga sifatliroq xizmatlar taqdim etish va aholi uchun yanada ochiq bo‘lish imkonini taqdim etadi. U hukumatga atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni qisqartirishga, tabiiy resurslarni samarali boshqarishga xizmat qilishga, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va iqtisodiyotning jamoatchilik sektorini rivojlantirishga xizmat qilishga yordam berishi mumkin. Ma’lumki, 2024 yilgacha hukumat O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning beshta asosiy yo‘nalishini ajratib bergan. Bu normativ tartibga solish, kadrlar va ta’lim, texnik bilimlar va tadqiqotchilik vakolatlarini shakllantirish,
134
axborot infratuzilmasi va axborot xavfsizligi. Farqlanishiga qaramay, turli mamlakatlar xukumatlarining raqamli texnologiyalardan foydalanish usullari ba’zi umumiy xususiyatlarga ega. Raqamlashtirishning turli darajalarini xisobga olgan xolda, xukumatni raqamlashtirish kamida uchta bosqichdan o‘tishi kerak: elektron xukumat, "yagona darcha" xukumati va raqamli xukumat. "Yagona darcha" xukumati. Rivojlangan mamlakatlarda elektron xukumat juda erta paydo bo‘lgan. Ma’muriy faoliyat elektron shaklga o‘tkazilgandan so‘ng ma’muriy isloxotlarning asosiy yo‘nalishi ijtimoiy xizmatlar soxasiga qaratildi. Bir tomondan, xukumat tashkilotlarida "bulinib ketgan" boshqaruv davlat idoralari ichida ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni murakkablashtiradi, chunki axborotlarga birgalikda yondoshishni talab qiladi. Boshqa tomondan, axoli tobora ko‘proq individual va arzon ijtimoiy xizmatlarga extiyoj sezmoqda. Integratsiya va uyg‘unlikka yo‘naltirilgan rivojlanishning ushbu yo‘nalishi "yagona darcha xukumati", "yagona" yoki "integratsiyalashgan xukumat" deb nomlandi. Bunday xukumatni yaratishning kaliti bu davlat idoralarining kelishilgan xolda ish olib borishi xisoblanadi. "Yagona darcha" xukumati xukumat chegaralaridan tashqariga chiqishi, barcha idoralar tomonidan axoliga yagona yaxlit xizmat ko‘rsatishi uchun muvofiqlashtirilgan boshqaruvni ta’minlashi kerak deb xisoblanadi. «Yagona darcha» xukumati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar quyidagilardan iborat:
markaziy xukumat va maxalliy xokimiyatlar o‘rtasidagi vertikal xamkorlik;
bir xil darajada markaziy yoki maxalliy xokimiyat organlari o‘rtasida gorizontal xamkorlik;
bitta xukumat organining turli bo‘limlari o‘rtasida ikki tomonlama xamkorlik;
xukumat va korxonalarning jamiyat bilan ichki va tashqi xamkorligi.
135
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va mobil Internet, bulutli xisoblash, katta ma’lumotlar, smartfonlar va boshqa inqilobiy texnologiyalarning keng tarqalishi bilan xukumat raqamlashtirishni tezlashtirdi. Umuman olganda, "elektron xukumat" dan "raqamli xukumat" ga o‘tish IT- texnologiyalarning samaradorligini oshirishi, axoli, korxonalar, iqtisodiyot va jamiyat muammolarini xal qilishi kerak. "Yagona darcha" xukumati ular o‘rtasida joylashgan: bu turli davlat idoralarining biznes-jarayonlarini umumiy optimallashtirish va davlat xizmatlarida innovatsiyalardan samarali foydalanish. Xukumatning raqamli transformatsiyasi bu uning IT- orqali o‘zgartirish evolyutsiyasidir. Agar elektron xukumatda mexnat unumdorligi va tannarxga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, raqamli xukumat esa qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatishning mazmuni va usullariga, innovatsion xizmatlarga, boshqaruv modellariga, oshkoralik, jamoatchilik ishtirokining oshishiga, tashkiliy tuzilmani o‘zgartirishga va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yangi talablarni qo‘yadi.
|
| |