• Remarketing
  • Reflektorli risklar
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet83/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Raqobat - o‘z mahsulotini sotish, xaridorlar ehtiyojlarini qondirish va eng katta foyda olish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi kurash, o‘zaro aloqalar, o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy jarayoni.
    Rasmiy diler – 1) valyuta operatsiyalarini, qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni sotish uchun hukumat yoki Markaziy bank tomonidan vakolat berilgan bank; 2) o‘z mahsulotlarini sotish uchun yashaydigan mamlakatda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini rasmiy ravishda ifodalovchi firma yoki kompaniya.
    Remarketing – pasayib borayotgan talabni tiklash uchun qo‘llanadigan marketing turi. Bozor sharoitlari yomonlashganda yangi tovarga talabni faollashtirish uchun dolzarb.
    Respublika maqsadli dasturlari (RMD) – resurslar, ijrochilar va amalga oshirish muddati bo‘yicha o‘zaro bog‘langan
    136
    ilmiy-tadqiqotchilik, sinov-konstruktorlik, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-xo‘jalik va boshqa chora- tadbirlar yig‘indisi bo‘lib, davlat, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot sohasidagi vazifalarni samarali hal qilishni ta’minlaydi. Maqsadli dasturlar sanoat siyosatining dasturiy vositalari hisoblanadi.
    Reflektorli risklar – ularning vujudga kelishi avvalroq yuzaga kelgan riskli vaziyatning rivojlanishi bilan asoslanadigan risklar.
    Reeksport - ilgari olib kirilgan tovarlarni xalqaro auksion va birjalarda foyda bilan sotish; erkin iqtisodiy hududlarga olib kirish imkoniyati; narxda foyda topish uchun «qalbaki olib chiqish». Ba’zida ayrim mamlakatlarga qarshi xalqaro sanksiyalarni aylanib o‘tish, shuningdek, xorijiy hamkorlarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun reeksportga murojaat qilinadi.
    Registr - xodisalarni, ob’ektlarni, kodlarni ruyxatga olish uchun mo‘ljallangan ruyxat yoki xotira soxasi. Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari orasida junatiladigan, cheklangan ulchamli kodlarni vaktincha saklashga mo‘ljallangan oddiy kurilma tushuniladi. Registrning muxim xossasi, uning ma’lumotlarni kabul kilish va berishda yukori tezlikka ega bulishidir. Registr uyalardan iborat, ularga suz, buyruk, ikkilik sanok tizimida berilgan son va boshkalarni yozish, eslash va ukib olish mumkin. Kupincha registr kompyuter ishlaydigan suz ulchami bilan bir ulchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saklay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi
    Regressiya - ma’lumotlarni intellektual taxlil kilish texnikasi. Bir necha kupaytmali tenglamalarda ishlatiladi. Regressiyaning eng sodda turi chizikli regressiyadir

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150




    Download 1,42 Mb.