• Risk o‘lchovi
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet86/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Risk darajasi – innovatsion faoliyat jarayonida riskli vaziyat yuzaga kelishi imkoniyatini tavsiflaydigan ko‘rsatkich (verbal yoki ball baholashi, tez-tezlik, ehtimol, shartli ehtimol).
    Risk salohiyati – kompaniyalar eng kuchli marketing faolligi va savdo uchun qulay bozo kon’yunkturasida maksimal bozor sig‘imi. Innovatsiyalarni bozorga joriy qilishda hisoblab chiqiladi.
    Risk o‘lchovi - kelgusida muayyan vaqt mobaynida ma’lum shartlar doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy faoliyatining mumkin bo‘lgan natijalarining mutlaq (nisbiy) qiymati yoki ehtimoliy ko‘rsatkichidir.
    Risk hududi - uning yuzaga kelishi ehtimoliga bog‘liq holda xavf darajasining sifat jihatidan belgilanishi hisoblanadi. Yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan risk hududi shundaki, unda ehtimoliy yo‘qotishlarning miqdori kutilayotgan foydan oshmaydi va shuning uchun tijorat faoliyati iqtisodiy maqsadga muvofiqdir. Yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan risk hududi chegarasi kutilayotgan foydaga teng yo‘qotish darajasiga to‘g‘ri keladi.
    Robot – o‘zgaruvchan tashki sharoitda maksad sari yunalgan xulk- atvorga qodir tizim. “Robot” atamasi chex tilidagi “robata” - “ish” so‘zidan kelib chiqqan. Bu g‘oya ilk bor 1921 yili Karel Chapekning


    140
    “RUR” (Rossumning xammabop robotlari) pesasida ifodalangan. Fantast yozuvchi Ayzek Azimov ularni 1951 yili chikkan “Men, Robot” xikoyasi va “Robotlar seriyasi” kitoblari seriyasi bilan mashxur kildi. Robot - sun’iy intellekt va mexanikaning korishmasidir. Uning asosi kompyuter yoki kompyuterlar guruxidan iborat. Kompyuter tashqi qurilmalar - rivojlangan a’zolarni boshkaradi. Tashki kurilmalar detallar, asboblar yoki robotning uzini fazoda va burchak ostida xarakatlarini ta’minlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun robot datchiklardan (sun’iy kurish, eshitish a’zolari, sensor kurilmalar) kelayotgan axborotga ishlov beradi. Internetda “robot” yoki “bot” atamasi dasturiy agentni bildirib, u masalan, veb- resurslarni izlashda qo‘llaniladi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150




    Download 1,42 Mb.