|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 89/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSeans pog‘onasi shlyuzi - Tarmoqlararo ekranni (brandmauyerni) amalga oshirish usullaridan biri. Mualliflashgan mijoz bilan tashqi xostning bevosita o‘zaro ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Ishonchli mijozning aniq xizmatlarga bo‘lgan talabnomasini qabul kilib, talab kilingan seansdan foydalanish xuquqini tekshirib, tashqi xost bilan ulanishni o‘rnatadi. Shundan so‘ng shlyuz xar ikki yo‘nalishdagi paketlardan, ularni filtrlamay nusxa ko‘chiradi.
Seksiyalangan tarmoq - Xabarlarni mustaqil ravishda marshrutlash va manzillash (yo‘llash) amalga oshiriladigan segmentlar yoki qo‘yi tarmoqlarga ajratilgan tarmoq. Uni seksiyalash ayrim aloqa liniyalari yoki boglamalari ishdan chikkanda xam yuz berishi mumkin.
144
Semantik veb - Internet tarmog‘ini rivojlantirish global konsepsiyasining qismi. Uning maqsadi WWW dagi ma’lumotlarga kompyuterlar ishlov berishiga imkoniyat yaratishdir. Asosiy urgu xujjatlarning matn taxliliga emas, balki WWWresurslarining xususiyatlari va tarkibini aniq tavsiflaydigan metama’lumotlar bilan ishlashga beriladi. Atama Tim Berners-Li tomonidan 2001 yilning may oyida kiritilgan bo‘lib, “Umumjaxon turi rivojida keyingi bosqich” deb ataladi. Semantiq turda, birinchidan, resurslarning universal identifiqatorlari (URI), ikkinchidan, metama’lumotlar tavfisining ontologiyalari va tillaridan keng foydalanish kuzda tutilgan. Mazkur konsepsiya W3 Konsorsiumi tomonidan qabul kilinib, targib etilmokda.
Sensor ekranlar tasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini displey ekranida ShK ga kiritish uchun mo‘ljallangan
Server. 1. Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlar so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi. 2. Mijoz dasturlariga ma’lum xizmatlarni ko‘rsatuvchi dastur. Server dasturi va mijoz dasturlari bitta yoki turli kompyuterlarda bajarilishi mumkin. Masalan, kompyuterda o‘rnatilgan elektron pochta dasturi mijoz dasturidir. U pochta qutisi vositasida ushbu quti joylashgan kompyuter bilan server dasturi orqali muloqotda bo‘ladi. Serverlarning eng muhim turlari quyidagicha: WWW serverlari multimediali axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini taqdim etish uchun mo‘ljallangan;elektron pochta serverlari;fayllarni almashish uchun mo‘ljallangan FTP serverlari; vokeiy vaqtda muloqot qilish serverlari (chatlar); Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar; Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari. 3. Server dasturi bajarilayotgan kompyuter.
145
Server – kompyuter boshqalarga o‘z xizmatini tavsiya qiluvchi tarmoq kompyuteri, ya’ni foydalanuvchilarning talablari (savollari) bilan shug‘ullanadi.
|
| |