|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 97/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSun’iy intellekt. Vizual idirok etish, qaror qabul qilish vazifasini amalga oshiradigan dasturiy algoritmlar. Sun’iy intellekt konsepsiyasi mashinali o‘qitish – o‘zi o‘qitadigan dasturlar yozishni o‘z ichiga oladi.
Asosiy qo‘llash sohalari:
Treyding sohalari (savdo)
Risklarni boshqarish
Real-time bozor firibgarlariga qarshi kurashish
Avtomatlashtirilgan virtual yordamchilar
Kreditlar anderraytingi va sug‘urta
Mejozlar hizmati
Ma’lumotlar tahlili va ilg‘or tahlil
Sun’iy neyron tarmoq - matematik model, shuningdek, biologik neyron tarmoqlarni tashkil etish va faoliyat yuritish tamoyiliga asoslangan dasturiy ta’minot yoki apparat timsoli - tirik organizmning nerv hujayralari tarmoqlari.
157
Superkompyuter - Ilmiy va muxandislik vazifalarini bajarishda ayni vaqtdagi ishlov berishning eng katta tezligiga ega bo‘lgan kompyuterlar klassning ixtiyoriy vakili. Xozirgi vaqtda eng quvvatlilar klassga mansub bo‘lgan kompyuter. Bu eng katta tezlikka va xotira xajmiga ega bo‘lgan ko‘p protsessorli kompyuterdir. Superkompyuter hisoblashlarning katta xajmini nisbatan qisqa vaqt ichida bajara oladi. Shuning uchun superkompyuter odatda, masalan, fazo kemasi harakatini boshqarish, ob-xavo ma’lumotini tuzish, katta ilmiy hisoblash tajribasini utkazish kabi murakkab hisoblashlarni bajarishda qo‘llaniladi.
SMS(Short Message Service) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.
SaaS (Software as a Service) - bulutli hisoblash shakllaridan biri, abonentlarga provayder tomonidan to‘liq xizmat ko‘rsatadigan tayyor dasturiy ta’minot taqdim etiladigan xizmat modeli. Ushbu modeldagi sotuvchi, odatda, mobil ilovalar yoki veb-brauzer orqali mijozlar qurilmalaridan xususiyatlarga kirish imkonini beruvchi ilovani mustaqil ravishda boshqaradi.
|
| |