O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
LISONIY MANZARA TASVIRIDA KONSEPT VA KONSEPTOSFERA
A’zamjonova Mohinur Soxibjon qizi
FarDu magistranti,
Sabohat A’zamjonovna Yusupova
FarDU kata o’qituvchisi
Annotatsiya: Kognitiv
tilshunoslik va lingvokulturologiyada konseptga har bir
millatning dunyoqarashi va mentaliteti orqali olamning lisoniy manzarasini tasavvur
qilish sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada lisoniy manzara tasvirida konsept ifodasi
muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar: bilim, konsept, tushuncha, konseptosfera, tafakkur, konsentrat.
KIRISH
Konsept o‘zi nima? «Konsept» termini falsafada U.T.Gobbs, P.Abelyar, U.Okkam
kabi faylasuflar asos solgan o‘rta asrlar konseptualizmi davriga tegishli bo‘lib, ularning
fikricha, konseptlar narsalar belgilarini umumlashtiruvchi va ong tomonidan uning
ichki foydalanishi
uchun gavdalantirilgan, o‘zida muhim va dolzarb axborotni
jamlagan universal omillardir.
ADABIYOTLAR SHARHI
«Konsept» termini ilk marta S.N.Askoldovning 1928 yilda yozilgan «Konsept va
so‘z» maqolasida ishlatilgan. Konseptlarga berilgan ta’rif
va ularning tipologiyasi,
ularni o‘rganishga oid yondashuvlar har xil bo‘lib, hozirgi zamon tilshunosligida
«konsept» termini dunyo haqidagi bilimlarni namoyon etish shakllaridan biri sifatida
ishlatiladi. Biroq Z.D.Popova va I.A.Sternin to‘g‘ri ta’kidlashganidek,
tilshunoslikda
konsept terminining olam haqidagi bilimlarni namoyon etuvchi turli talqinlari
mavjud. Sh.Safarovning fikricha, «konsept» tushunchasining o‘ta mavhum hodisa
ekanligi, uning zamiridagi «mental struktura» aniq moddiy ko‘rinishga ega
bo‘lmasdan, balki aqliy idrok jarayonida hosil bo‘ladigan, tasavvurdagi tuzilma ekanligi
unga (konseptga) to‘liq javob berishni qiyinlashtiradi. N.Mahmudov ham terminologiya
masalasida to‘xtalib, «ular haqida tilshunoslikda juda ko‘p yozilgan bo‘lishiga
qaramasdan,
hali-hamon ularning ayrimlari, masalan: «lisoniy shaxs», «konsept»
terminlari talqinida bir xillikka erishilgan emas», deb yozadi. Bundan tashqari,
«konsept» bilan «tushuncha»ni bir-biridan ajratish muammosi ham o‘z yechimini to‘liq
topgan, deb bo‘lmaydi. Qadim va zamonaviy tadqiqotlarda
turli nuqtai nazarlarning
mavjudligi ham buni ko‘rsatib turibdi. Jumladan, o‘rta asrlardayoq P.Abelyar:
Tushuncha ongli (intellectus) va ratsional bilim (tushunish) bilan bog‘liq, konsept
(conceptus) – ma’nolarni ijodiy talqin qilishga qodir yuksak ma’naviyat,
ong hosilasi,
deb yozgan bo‘lsa, V.N. Yarseva «tushuncha» va «konsept» terminlarini sinonim
sifatida keltiradi [1].