• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Tilshunoslikda raqamli va axborot texnologiyalari hamda kompyuter lingvistikasining ahamiyati




    Download 101.5 Kb.
    bet1/4
    Sana14.04.2023
    Hajmi101.5 Kb.
    #51290
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Negmatova .N
    2 5454256751048130581, 532607, MobilAloqa, МАЪЛУМОТНОМА намуна, BOLA HUQUQLARI TO`G`RISIDAGI KONVENSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI, 8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej, KURS ISHI, 1682763661, Reja Pedagogik nizolar haqida Pedagogik nizo tushunchasi va tur-fayllar.org, 856, 4, 11, Nl0k9FijJhIa1cZSo2rCAU0tlTz8922ctwwjchU0

    TILSHUNOSLIKDA RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAMDA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING AHAMIYATI
    N.E.Negmatova


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
    universiteti Iqtisodiyot va menejment fakulteti axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalari fakulteti talabasi
    nilufarnegmatova52@gmail.com
    Annotatsiya: Maqolada raqamlashtirish jarayonlari, kompyuter lingvistikasi va ta’lim konvergensiyasi va ularning tilshunoslikdagi o‘rni masalalari, tilshunoslikdagi raqamlashtirish va raqamli transformatsiya jarayonini yaxlit tahlil qilish, ushbu jarayonda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va lingvistik bilimlarni olish usullaridan foydalanishning turli xil yechimlarini ko‘rib chiqiladi. Asosiy vazifa - lingvistik ma’lumotlarni raqamli o‘zgartirish va undan ta’lim va malaka oshirish jarayonlarida foydalanish uchun muhim imkoniyatlarni ochib berishdir. Maqolada til o‘rganishda axborot texnologiyalarining ahamiyati hamda hozirgi kunda amaliy va qiyosiy tilshunoslikni o‘zgartirishda axborot-texnologik aloqaning ortib borishi batafsil yoritib berilgan.
    Kalit so‘zlar: Tilshunoslik, raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter lingvistikasi, innovatsiya,
    I. Kirish
    Joriy asr innovatsion raqamli texnologiyalar va jamiyatning barcha jabhalarini bog‘lovchi, ommaviy axborot makonini tashkil etuvchi jarayonlar davri hisoblanadi. Bunday makondagi ma’lumotlar raqamlashtiriladi va o‘zgartiriladi, har qanday formatda idrok etish, tushunish, anglash va baholash uchun qulay raqamli shaklga ega bo‘ladi. Umuman olganda, bu jarayonlarning asosini jamiyatni axborotlashtirish tashkil etadi. Zamonaviy jamiyat kommunikativ sohada ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlarning asosiy omili bo‘lgan axborot va tarmoq texnologiyalari ta‘siri ostida faol rivojlanmoqda. Bu o‘zgarishlar zamonaviy tilshunoslikning modifikatsiyasiga, uning divergensiya va konvergensiyaga tubdan ta’sir qiladi. Zamonaviy jamiyatning faol rivojlanishi, fan va texnikaning turli sohalaridan yangi bilimlarga bo‘lgan talab oliy ta’limga, xususan, tilshunoslik va tillarni o‘qitish va o‘rganishga, innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va vositalarini keng jalb etish va ulardan foydalanishga olib keldi. Ijtimoiy muhitlarni raqamlashtirish til ta’limi kontekstida raqamli o‘qitish va o‘rganish imkoniyatlarini aniq belgilashni hal qiluvchi ahamiyatga ega qildi. Raqamli axborot texnologiyalari va tilshunoslikning uyg‘unligi jamiyat uchun insonparvarlik sohasidagi ko‘plab muhim vazifalarni hal qilish imkoniyatini ochib beradi va natijada lingvistik sohada axborotlashtirish konsepsiyasining globallashuv jarayoni g‘oyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.



    Download 101.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 101.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tilshunoslikda raqamli va axborot texnologiyalari hamda kompyuter lingvistikasining ahamiyati

    Download 101.5 Kb.