TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.07.2023
Hajmi0.82 Mb.
#76470
1   2   3   4
Bog'liq
A’zamjonova Mohinur Soxibjon qizi
Kasalik tarixi yuzi, sitologiya, 1111111111, Oʻzbetinshe 1 Neft gaz, amaliyot yuzi (9), AVSTRALIYA MATERIGINING RELIFI, Boshlang\'ich sinf ona tili talimida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish Metodikasi, Dabiy tahrirning mohiyati, vazifasi va muharirlik faoliyati, КУРС ЛОЙИҲАСИ УЧУН УСЛУБИЙ КЎРСАТМА............, MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSXIOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY, BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI, ATROFMUHITNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HARAKAT, Aktiv va reaktiv quvvat muvozanati., Anketa kuzatuv kengashi ustamaga (1), kompyuter arxitekturasi
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
Olamning lisoniy manzarasida konseptosfera til birliklari va ma’nolar majmui 
bilan ifodalanadi. Konseptosfera tildagi alohida so‘zlar orqali ham ifodalanishi mumkin. 
Bunda biror konseptga xos bo‘lgan tushuncha va ma’nolarning maydoni yoki ularning 
majmui konseptosferani tashkil qiladi. 
Konsept va konseptosfera terminlarining o‘xshash tomonlari ularning inson 
ongida paydo bo‘lib, biror bir obrazni tasvirlashida ko‘rinadi. Binobarin, konseptosfera 
fikrlash in’ikosi sifatida hamda universal bir predmetga xos ramziy birliklarning 
majmui sifatida insonlarning axborot doirasini tashkil qilib, u til birliklari bo‘lgan so‘z, 
metafora, frazeologizmlar, sintaktik struktura kabilar orqali ifodalanadi [2]. 
Metafora nominativ, obrazli va ekspressiv funksiyasidan tashqari, yana 
konseptual vazifani ham bajaradi. Konseptual metaforaning roli ayniqsa, mavhum 
tushunchalarni belgilashda yaqqol ko‘rinadi. Metaforaning mazmuni asosiy va 
ko‘makchi komponentlarning o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Metafora borliqdagi 
turli sohalarda mavjud bo‘lgan ob’ektlarni nomlab, shu bilan tilning leksik va 
frazeologik qatlamlarini boyituvchi vositadir. Bunda «konseptual metafora avval 
lisoniy aks ettirilmagan hodisalarni verballashtiradi va unga borliqni yanada 
chuqurroq, konseptual sathda ifodalovchi vosita sifatida qaraladi. Ushbu maqolada 
«zoomorfizm» konsept bo‘lsa, uni qurshab olgan semantik/pragmatik maydon 
«konseptosfera» (termini)da yoritildi. 
Quyida «odam+hayvon» konseptosferasida arximetafora va metaforik hodisaning 
iboralar yasalishidagi ishtiroki jarayonini qisqa ifodalashga harakat qilindi. Bunda inson 
tafakkurida metafora hosil bo‘lishiga qadar birlamchi yadro arximetafora mavjudligi 
ifodalashga harakat qilindi. 
Bu konseptosferada «tana + harakat» maydonida joylashgan «harakat pastdan» va 
«harakat tepadan» arximetaforalari voqelikda kishining muayyan holatini ularga xos 
konseptual metaforalar (paytavaga qurt tushmoq) qurt (g‘imirlash) va (tanada 
chumoli o‘rmalamoq) chumoli (jimirlash) zoomorfizmlari orqali yaralishida u yoki bu 
jihatdan asos bo‘ldi. Binobarin, bu «odam+hayvon» konseptosferasida inson fikrlashiga 
oid in’ikoslar, universal ramziy birliklarning majmui arximetafora va metafora
metaforalar o‘z navbatida «paytavasiga qurt tushmoq» va «(tanasida) chumoli 
o‘rmalagandek» FBlar orqali ifodalandi: 1) Paytava issiq tutish va terlamaslik uchun 
oyoqqa o‘raladigan mato bo‘lib, u oyoqqa o‘ralganda uning ichiga tushib qolgan qurt 
g‘imirlasa, odam tipirchilab qolishi mumkin. Bu iboraning to‘g‘ri ma’nosi. Ammo 
paytava deyarli qo‘llanilmaydigan bugungi kunda biror odamga nisbatan bu ibora 
ishlatilsa, demak, ishlar joyida emas, nimadandir o‘zini qo‘yarga joy topolmayotganligi 
tushuniladi. Bu asrlar qa’ridan tafakkurimizda 
yashab kelayotgan arximetafora 
hisoblanadi. Masalan: (Shoira): Uxlashib bo‘pti. Hammasining oromi buzildi. 
Paytavasiga qurt tushdi, nazarimda. Ikkala opam ham tipirchilab qolishdi (J.Jabborov. 
Uyqusiz kecha, 19). O‘TILda ham bu iboraning «bezovta bo‘lmoq, yelib-yugurib 
qolmoq» ma’nosida ishlatilishi misollar bilan yoritilgan: Hudaychi jo‘nagach, 
qo‘rg‘onbegining paytavasiga qurt tushib, tipirchilab qoldi va u yoqdan bu yoqqa yugura 



Download 0.82 Mb.
1   2   3   4




Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish