|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 99/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатTaktlash chastotasi - Taktlash impulslarining paydo bo‘lish chastotasi. Signallarning bir qiymatdan boshqasiga aktiv
159
o‘tishlari oralig‘idagi vaqt bilan aniqlanadi. Chastota gerslarda o‘lchanib, bir sekunddagi aktiv o‘tishlar sonini anglatadi. Xar bir aktiv o‘tishdan so‘ng passiv o‘tish keladi va signal o‘zining avvalgi qiymatini oladi. Impulslar takrorlanish chastotasi yuqori aniqlik bilan ushlab turiladi.
Tarmoq kartasi. Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan moslashtirgich. Tarmoq kartasi kompyuter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori chastotali impulslarga o‘giradi.
Tarmokka ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Intrusion Detection System, IDS)– kompyuter tizimiga yoki tarmoqqa ruxsatsiz kirish yoki asosan Internet orqali ruxsatsiz boshqarish faktlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yoki apparat vositasi.
Tarmoq provayderi. Abonentlik punkti va bevosita tarmoq abonentlariga tarmoq xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilot.
Telekommunikatsiya- kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatish.
Tencent - o‘zining operatssion tizimi, mobil platformasi, aloqa xizmatlari, o‘yinlar, internet-portali, elektron tijorat, to‘lov tizimi, B2B segmenti uchun xizmatlarni o‘z ichiga olgan ekotizimni yaratgan Xitoyning yirik Internet provayderlari va AT-kompaniyalaridan biri.
Tizimli dasturiy ta’minot. Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi jami tizimli dasturlar. Bu kompyuterdan foydalanish va xizmat ko‘rsatish, hisoblash ishlarini tashkillashtirish va amaliy dasturlarni yaratishni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minotning eng
160
muhim tarkibiy qismi – operatsion tizim – apparat vositalar uchun zarur qo‘shimcha bo‘lib, odatda hisoblash tizimini ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladi. Tizimli dasturiy ta’minotning boshqa tarkibiy qismlari kompyuterga foydalanuvchini qoniqtiradigan hisoblash tizimini yaratish uchun uning o‘zi tomonidan o‘rnatiladi.
Tranzaksiya - Maqsadga erishish yo‘lida qilingan harakat. Ob’ektlarning vaqt bo‘yicha qisqa o‘zaro ishlash davri. U o‘z ichiga “talabnoma - topshiriqni bajarish - javob” ketma-ketligini oladi. Odatda muloqot rejimida bajariladi.
Translyator. 1.Signallarni bir shaklda qabul qilib (odatda aniq chastotatali analog shaklda), boshqa shaklda uzatadigan kommunikatsiya qurilmasi. 2.Axborotni bir tizimdan boshqa tizimdagi teng kuchli axborotga o‘giruvchi qurilma. 3.Bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa tilda taqdim qilingan dasturga o‘giruvchi maxsus dastur. 4.Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda, bosh stansiyadan signalni qabul qilib, so‘ng uni kuchaytirib uzatadigan stansiya. 5.Telefoniya uskunalarida, terilgan raqamlarni qo‘ng‘iroq uchun axborotga o‘giruvchi qurilma.
Trafik - Telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali uzatilayotgan xabarlar to‘plami. Trafik vaqt birligida uzatilayotgan, kompyuter xotirasining o‘lcham birligida ifodalangan (bit sekundiga) axborot xajmi bilan aniqlanadi. Trafik kanalning yoki kommunikatsiya tarmog‘ining yuklanganligini belgilaydi.
|
| |