|
Sniffer - trafik analizatori.
Sozlagich (debugger)
|
bet | 95/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSniffer - trafik analizatori.
Sozlagich (debugger) - Dasturlash muxit moduli yoki dastur xatolarini izlovchi aloxida kullanma. Sozlagich ketma-ket trassirovka, dasturni bajarish jarayonida uzgaruvchilarni kuzatish, urnatish va uzgartirish, nazorat nuktalarini yoki tuxtash shartlarini urnatish va olib tashlashni amalga oshirish imkonini beradi
Splitter - Turli chastotalar signallarini ajratish imkonini beruvchi kurilma. Masalan, ADSL- splitter telefon alokasining past chastotali signali va ADSLning yukori chastotali signalini ajratadi
152
Spufing - Ma’lum shaxs (yoki dastur) uzini boshka birov sifatida bildiradigan va buning natijasida uzi uchun kushimcha (odatda nokonuniy) foyda oladigan xujumning turi. Bunday xujumlarga misollar: Man-in-the-middle (%:MITM); URL spufing va fishing - URL manzilni almashtirish (%:fishing)
Standart dasturlar kutubxonasi - Takrorlanadigan masala turlarini yechishga mo‘ljallangan tayyor dasturlar yigmasi. Chizikli dasturlash, matritsalarni teskarilash, tajriba natijalarini statistik kayta ishlashning turli usullarini va boshka masalarini xal kilib beradigan standart dasturlar mavjud
Statistika hisoboti – tasdiqlangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladigan, belgilangan muddatda mintaqaviy statistika organlariga tposhirilishi lozim bo‘lgan kompaniya va tashkilotlar hisobotlari.
Strategik alyans - bozorda istiqbolli ustunliklarni ta’minlash uchun ishlab chiqarish va bozor faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida firmalarning uzoq muddatli hamkorligi shaklidir. Turli xil o‘lchamdagi va mulkchilik shaklidagi korxonalarni, litsenziya shartnomalarini, sotuv tarmoqlarini birlashtiradi.
Ssenariyli rejalashtirish–innovatsion loyihalarning ham, tashqi muhitning ham o‘zgarishi mumkinligi va noaniqik darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq voqealar rivojining bir nechta ssenariysini ishlab chiqish.
Sun’iy intellekt texnologiyalari. «Intellekt» so‘zi lotincha
«intellectus» so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. Ingliz tilida “artificial intelligence” atamasi “mantiqiy mulohaza qilish qobiliyati” yoki “sun’iy aql” tushunchasida qo‘llaniladi. Sun’iy intellektning ko‘plab ta’riflari orasida quyidagilarda to‘xtalib o‘tamiz:
153
inson faoliyatining intellektual turlarini (o‘yinlar, naqshlarni aniqlash, tahliliy faoliyat va boshqalar) matematik, dasturiy yoki apparat modellashtirish muammolarini hal qiladigan ilmiy yo‘nalish;
ijodiy vazifalarni ishlay oladigan hamda shu haqidagi bilimlarni xotirada aqlydigan texnik yoki dasturiy tizim. Intellektual tizim uchta asosiy blokni o‘z ichiga oladi: ma’lumotlar bazasi, hisoblovchi hamda ixtisoslashgan dasturlarsiz ma’lumotlarni kiritish uchun kompyuterlar bilan aloqa qilishga imkon beradigan aqlli interfeys;
aqlli dasturlar yoki robotlarni yaratish vazifasi quyilgan informatika va axborot texnologiyalaridagi yo‘nalish;
tizimning tashqi ma’lumotlarni tahlil qilish va sharhlash, mustaqil o‘rganish va quyilgan muammolarni hal qilish uchun olingan bilimlardan foydalanish qobiliyati.
Sun’iy intellektli tizimlarga: axborot-kidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), xisob-mantiq tizimlari va ekspert tizimlari kiradi. Xar qanday intellektual tizim, uning kayerda kullanishiga borlik bo‘lmagan xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning vazifasi — oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani yechishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo‘lgan masalalarni yechish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys
154
masalani yechish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan sunggi foydalanuvchining xamma vositalarini uz ichiga oladi. Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ekspert tizimlarining taxlili shuni kursatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-gayrati, sanoat va konstruktor-texnologik korxonalarda samarali kullanuvchi sistemalar yaratishga karatilgan.
|
| |