|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 96/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSun’iy intellekt haqida birinchi marta 1950-yillarda fikr yurita boshlandi, ya’ni axborot texnologiyalar sohasidagi yutuqlardan so‘ng kompyuterlarni "o‘ylashga" majburlash va odamlar tomonidan bajariladigan vazifalarni ularga yuklash g‘oyalari paydo bo‘lgan. Sun’iy intellekt texnologiyasi odamlar kabi aqlli kompyuter yoki mashinalarning ixtirosiga asoslangan. Ya’ni, insonning aqliy qobiliyatlarini o‘rganish natijasida intellektual dasturlar va tizimlar ishlab chiqilmoqda.
Sun’iy aql - bu odamga o‘xshash kognitiv funksiyalarni bajaradigan mashina. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanish murakkab va majmuaviy vazifalarni hal qilishga, samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Internetning rasmiy manbalariga ko‘ra, 2018 yilda Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti sun’iy intellekt bo‘yicha Tavsiyanomani ishlab chiqishni boshladi. Bugungi kunda yirik kompaniyalar sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirishga turli xil yondashuvlarni qo‘llashmoqda. Odatda, ushbu ishlanmalar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: masalan, mijozlarning yuzlarini tanib olish, mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish va individual takliflarni yaratish; xavfsizlik tizimlari (kiber firibgarlikni aniqlash, jinoyatchilik yo‘llari bilan topilgan pullarni legallashtirish); moliya bozorlaridagi savdo tizimlari.
155
Neyron to‘rlar. Ma’lumki inson miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir. Sun’iy neyronlarning g‘oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari xisoblanadi. Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog‘i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi. Bugun neyron to‘rlar o‘ta chuqur o‘rganilmagan bo‘lishiga qaramasdan quyidagi sohalarga qo‘llanilib ijobiy natijalarga erishilmoqda:
biznes – neyron to‘rlarning bu sohaga tadbiqi 1984 yilda adaptiv kanal ekvalayzeri yaratilishi bilan boshlandi. Bu qurilma juda sodda bo‘lib, bitta neyrondan tashkil topgan. U uzoq masofadagi telefon liniyalarida ovozni stabillashtirib sifatini oshirganligi sababli katta iqtisodiy muvafaqiyat qozongan;
bank moliya – ko‘chmas mulkni baxolashda, kredit berishda risklarni xisoblab mijoz tanlashda, qarzlarni baxolashda, kreditlarning ishlatilishini analiz qilishda, savdo portfeli programmalarida, moliyaviy analiz qilishda, valyuta qiymatini prognozlashda;
birja – valyuta va aksiya kurslarini prognozlashda, bozorni prognozlashda, korxonalar kelajagini baxolashda;
ishlab chiqarish – jarayonlarni boshqarishda, maxsulotlar dizayni va analizida;
meditsina – o‘pka raki xujayralarini analiz qilishda, DNK analizida, protez loyilashda, transplantatsiya vaqtlarini optimizatsiyalashda, shifoxona xarajatlarini kamaytirishda va sifatini oshirishda, shoshilinch yordam xonalarini tekshirishda;
robototexnika – trayektoriya qurishda, xarakatni boshqarishda, manipulyatorlarni boshqarishda, tasvir analizi va ko‘rishda, shakllar va figuralarni tanishda, ovoz analizi va sintezida;
156
transport – marshrutlarni optimal loyixalashda, vaqt jadvallarini rejalashtirishda, yuk mashinalari tormoz sistemalarining analizida;
avtomobil – avtomatik boshqarish tizimlarida, avtomatik xarita tizimlarida, kafolat bilan bog‘liq ishlar tekshiruvida;
kosmos – yuqori samarali avtopilotlar yaratishda, uchish trayektoriyasi immitatsiyasi tizimlarida, uchar jismlarni boshqarish tizimlarida, uchar jismlarining kamchilik va buzuqliklarini topish va bartaraf qilishda;
mudofaa – tovush, radar, infraqizil signallarni taxlil qilishda, axborotlarni umumlashtirishda, avtomatik qurilmalarni boshqarishda;
telekommunikatsiya – tasvir va ovozni zichlash, shifrlash va boshqacha qayta ishlash jarayonlarida, avtomatlashtirilgan axboratlashtirishda, turli tillarga sinxron tarjima tizimlarida va xokazolarda.
|
| |