|
SCADA (Supervisory Control And Data Acquisition)
|
bet | 98/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатSCADA (Supervisory Control And Data Acquisition) - monitoring yoki boshqaruv ob’ekti ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, ko‘rsatish va arxivlash tizimlarining real vaqtda ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot to‘plami.
SegWit2x. Segregated Witness: Bitkoin-tarmoq ishini optimallashtirishga yo‘naltirilgan, xususan, tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini oshirishga tashabbus. Buning uchun blok hajmini 1MBdan2MB gacha oshirish ko‘zda tutilgan. 2017 yil noyabrigacha qabul qilinishi lozim edi, lekin bekor qilindi, chunki jamiyatning hamma qatnashchilari ham u bilan rozi emasdi.
158
SHA-256: bitkoin-mayning vaboshqa ayrim kriptovalyutalar mayningi unga asoslangan shifrlash algoritmi. SHA-256- kriptografik xesh-funksiya bo‘lib, ma’lumotlar ixtiyoriy to‘plamini (masalan, tranzaksiyalar haqida axborot) qayd qilingan uzunlikka aylantiradi. Mayningda tarmoq qatnashchilari bu ketma-ketlikni navbatma-navbat tanlash yo‘li bilan tanlaydi.
SWOT-tahlil - firmaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlash va strukturalashga imkon beradi.
Takt - Sinxronlovchi signallar ketma-ketligi oralig‘idagi davr. Takt davomiyligi shunday tanlanadiki, uning o‘tib borishi davomida ko‘rilayotgan ob’ektda kirish signali yuzaga chiqargan barcha o‘tkinchi jarayonlar yakunlanib bo‘ladi. Taktning boshi va oxirini aniqlaydigan impulslar taktlash impulslari deb ataladi. Taktlash impulsining mavjudlik vaqti taktlash davrining qismi bo‘ladi. Bu impulslarni paydo bo‘lish chastotasi taktlash chastotasi deb ataladi. Taktlash impulslarining mavjudligi evaziga tizim yoki tarmoq ishini sinxronlash amalga oshiriladi. Xar bir buyruq, uning murakkabligiga qarab, bitta yoki bir nechta takt davomida bajariladi.
Takt impulsi - Sinxronlash yoki vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan, davriy uzatiluvchi impuls.
Takt intervali - Izoxron signalning ketma-ket axamiyatli momentlari o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha nominal farq.
Taktlash - Sinxronlashni amalga oshirish uchun fizik pog‘onada bajariladigan jarayon. Taktlash impulslari alohida yoki foydalanuvchining ma’lumotlari tarkibida uzatiladi. Ular protokollar bilan aniqlanadi. Taktlashni takt generatori deb ataluvchi elektron qurilma bajaradi.
|
| |