|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 106/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатFoydalanuvchi interfeysi - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir Folksonomiya - Inglizcha folk - (xalq) + taxonomy - (taksonomiya) so‘zlaridan kelib chiqqan. Teg orqali veb-sayt axborotini (ishorat, surat, video va x.k.) turlash.
Fon rejimi - Kompyuter faqatgina xaqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan vazifalardan bo‘sh bo‘lganda, amaliy jarayonlar bajaruvchi texnologiya. Fon rejimida ustuvorlikka ega amaliy dasturlar bajariladi. Bu, yuqori prioritetli dasturlar uchun interaktiv rejimda, bunga zarur bo‘lgan resurslar ishlatilmaganda yuz beradi. Fon rejimida xuddi shunday yordamchi amallar xam bajariladi. Masalan, xujjatni printerda chop etish. Ko‘rilayotgan rejim ko‘p masalali operatsion tizimlar bilan quvvatlanadi. Fon rejimi mavjud resurslarni samarali ishlatish imkonini beradi.
Fon tovush yozuvi - Veb-sahifa bilan bog‘langan tovush yozuvi fayli. Foydalanuvchi veb-sahifani ochganda tovush yozuvi fayli uzluksiz yoki veb-sahifani kodida ko‘rsatilganidek bir necha marotaba eshittiriladi.
Format - Axborot ob’ektining tuzilmasi. Format ma’lumotlarning turli ob’ektlarda, ya’ni, jadvallarda, MBda, printerlarda, ma’lumotlar blokida joylashish va ifodalanish usullarini belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va x.k.larning formatlarini ajratadilar. Kompyuter bilan bog‘liq barcha tushunchalar o‘zining formatiga egadir.
Format o‘zgartirish - Ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga, o‘zga tizim qabul qila oladigan formatga (odatda, ma’lumotlar eksportida va importida) o‘zgartirish.
171
Formatlash - Xotira qurilmasini, odatda, diskni yozishga va ukishga tayyorlash. Diskni formatlashda, operatsion tizim diskda joylashgan barcha axborotni o‘chiradi, diskning hamma sohalarining ishonchliligini tekshiradi, yaroqsiz sohalarni belgilaydi va manzillar jadvalini yaratadi. Bular, keyinchalik diskdagi axborotni topish uchun ishlatiladi. Tanlangan formatga monand bajarilayotgan harakat. Maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Masalan, matnni formatlash, uni saqlash, uzatish, chop etish yoki ekranga yoki printerga chiqariladigan ko‘rinishga keltirishdir. Bu jarayonga sarlavhalar va xat boshlarini shakllantirish, sahifalarga bo‘lish va boshqalar kiradi.
Forum - Saytda suxbatlashish usuli. Forumdagi xabarlar mavzular bo‘yicha tredlarga birlashtiriladi. Siz forumda kimningdir xabariga javob bersangiz, sizning javobingiz birlamchi xabarga “bog‘lanadi”. Shunday javoblar ketma-ketligi tredni xosil qiladi. Natijada, forum tredlardan tashqil topgan daraxtsimon tuzilmaga ega bo‘ladi. Forum egasi yoki ma’muri undagi intizom qoidalarini belgilaydi va zarur bo‘lganda uni boshqarib turadi. Forumdagi xabarlar cheklanmagan uzoq muddat saqlanishi mumkin. Forumning aloxida ko‘rinishi - Internetdagi matbuot konferensiyasi, unda forum foydalanuvchilari suhbati taklif qilingan mehmonlar bilan tashqillashtiriladi. Forum foydalanuvchi turli fayllarni (dasturlar, drayverlar, matnlar, matbuot-relizlar, va x.k.) tortib olishi mumkin bo‘lgan kutubxonani xam o‘z ichiga olishi mumkin.
|
| |