|
Xabar autentifikatsiya kodi -
|
bet | 109/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатXabar autentifikatsiya kodi - Ma’lumotlar (ochiq yoki shifrlangan matn) va mahfiy kalit funksiyasi bo‘lgan, ma’lumotlar autentifikatsiyasini amalga oshirish uchun ma’lumotlarga qo‘shib jo‘natiladigan axborot (bitlar ketma- ketligi) majmui. Xabarlarni turlashdan va yolg‘on ma’lumotlarni tiqishtirishdan muhofazalashga mo‘ljallangan mexanizm. Bir marotabalik yon daftar, xesh-funksiya, okimli va blokli shifrlar mexanizmlariga asoslanishi mumkin.
Xabar xesh-funksiyasi - Qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni, ikkilik sanok tizimida berilgan xeshlovchi sonning xar bir bitiga yoki xeshlovchi dastlabki matnning xar bir ramziga bog‘liq bo‘lgan funksiya. Xeshlash algoritmi kirish matnidan bir xil uzunlikda natija chiqaradi. Bunda uzunlik deganda, ikkilik sanok tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni “AKT lugati” bulsa va xesh-funksiya qiymati “10110111010100101”ga teng chiksa, xesh-funksiya qiymati
uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit bo‘lgan xesh-funksiyalar xam mavjud. Xesh-funksiya samarali bo‘lishi uchun kirish xabari uchun natija noyob bo‘lishi lozim. Odatda, xesh-funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida dastlabki matnni hisoblab topish
175
juda kiyin. Xesh-funksiyalar axborot uzatish va saqlashda uning xavfsizligini muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi.
Xaker - AKT sohasida turli noqonuniy harakatlarni bajaruvchi shaxs: boshqa tarmoqlardan ruxsatsiz foydalanish va ulardan axborot olish; dasturiy mahsulotlarning muhofazasini noqonuniy ravishda buzish va ularning nusxalarini ko‘chirish; kompyuter viruslarini yaratish va tarqatish va x.k. Shuni ta’kidlash kerakki, xaker harakatlari turli jinoyat va fuqarolik qoidabuzarliklar tarkibini tashqil kiladi.
Xalqaro standartlashtirish tashqiloti (ISO) - Milliy (davlat) standartlarini ishlab chiqish bilan shugullanuvchi tashqilotlar tomonidan tashqil etilgan xalqaro tashqilot. ISO 1946 yilda sanoatning turli sohalarida xalqaro standartlashtirishni ta’minlash uchun yaratilgan. Uning a’zolarining ko‘pchiligi turli mamlakatlarda standartlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashqilotlardir. ISO ning asosiy vazifasi texnologiyalar va mahsulotlar uchun umumiy standartlarni ishlab chiqishdir.
|
| |