|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 117/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатElektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat
187
imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
Elektron savdo - axborot tizimlari, axborot-kommunikatsion tarmoklar va elektron protseduralardan foydalangan holda amalga oshiriladigan savdo. Elektron savdoning tezkor rivojlanishi ikki omilga bog‘liq. Sotuvchi uchun elektron tijorat chakana savdo sohasida biznesni yuritishning eng arzon usullaridan biridir. Xaridor uchun bu tovarlarning yanada jozibador narxlari tufayli pulni tejash, shuningdek uyingizga qulay vaqtda tovarlarni yetkazib berish orqali vaqtni tejash imkoniyatidir. Onlayn do‘konlarning afzalliklari, shuningdek, ularning kechayu kunduz ishlashini va xaridor uchun qulay bo‘lgan har qanday usulda sotib olish ѐki xizmat haqini to‘lash qobiliyatini (turli xil elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish, yetkazib berish paytida kurerga naqd pul berish, qabul qilish punkti ѐki omborda ishlaydigan xodimlar) o‘z ichiga olishi kerak. Virtual tijorat elektronika, maishiy texnika, mebel, kiyim-kechak va poyabzal, uy-ro‘zg‘or buyumlari segmentlarida keng namoyish etilgan. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini onlayn savdosi bozori, ayniqsa, yirik shaharlarda, asosan uyga oziq-ovqat sotish va yetkazib berish xizmatlarining rivojlanishi tufayli jadal rivojlanmoqda. Keyingi yillarda jahon elektron savdo
188
aylanmasi barqaror o‘sib bormoqda, eMarketer ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda u 2,9 trln. AQSh dollarni tashkil etgan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, global elektron tijorat aylanmasi 3,5 trln. AQSh dollaridan oshishi, 2023 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 6,5 trln. AQSh dollarga yetishi kutilmoqda. Chakana tovar aylanmasining umumiy hajmida elektron savdo ulushi ham o‘smoqda. Prognozlarga ko‘ra, kelgusi besh yilda u deyarli 10 foizga oshishi kutilmoqda, ya’ni 2018 yilda 12,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil etadi. 2019 yilda elektron savdo aylanmasi dunѐ bo‘yicha o‘rtacha o‘sish sur’ati 20,7% ni tashkil etadi, ba’zi mamlakatlarda (Meksika, Hindiston, Filippin) 30% dan oshadi.
|
| |