|
Elektron biznes infratuzilmasi
|
bet | 115/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатElektron biznes infratuzilmasi – tashkilotnig barcha quyitizimlari faoliyat ko‘rsatishi va elektron bozor
184
qatnashchilarining barcha o‘zaro aloqalari uchun sharoitlar ta’minlaydigan texnologik va tashkiliy jaraѐnlar kompleksi. ye- tijorat kanallarining ishtirok etish darajasi elektron biznes infratuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Elektron tijorat infratuzilmasi qatoriga elektron pochta, elektron kataloglar, to‘lov tizimlari, tijorat axborotini himoya qilish texnologiyalari, servisga yo‘naltirilgan arxitektura, veb- serverlar, domenlar, e-CRM, ma’lumotlar axborot to‘plamlari, katta ma’lumotlar, spravochnik va maslahat veb-resurslari va boshqa ko‘plab narsalarni kiritish mumkin.
Elektron billing - Bank va mijoz o‘rtasidagi xaqiqiy vaqt rejimida chiqarib qo‘yilgan xisob raqamlarni olish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan xisob raqamlarni yuborish imkonini beradigan o‘zaro xisob-kitoblar mexanizmi.
Elektron broker - Global tarmoq orqali birjada ishlash texnologiyasi. Elektron broker texnologiyasidan foydalanish kompyuter foydalanuvchisiga zarur bo‘lgan barcha axborotni ola turib va kelishuvlarni rasmiylashtirib, birjada mustaqil ishlash imkonini beradi.
Elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
Elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Elektron davlat xizmatlarining turlari. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin. Axborot davlat xizmati ariza beruvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatidir.
185
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri. Elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning ro‘yxati hamda hajmi, shuningdek ularning taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi kerak. Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
| |