|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 114/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатShtrixli kod (barcode) - Ma’lumotlarni tez o‘qib olish uchun mo‘ljallangan mashina o‘qiydigan kod. Shtrixli kod raqamlardan va ularni kodlaydigan turli qalinlikdagi chiziqchalardan iborat. Birinchi uchta raqam tovar ruyxatga olingan mamlakatni bildiradi. Keyingi to‘rtta raqam tovarni ishlab chiqaruvchi korxona kodini bildiradi. Undan keyingi beshta raqamni korxona o‘z tovarlariga raqam qo‘yib chiqish uchun foydalanadi. Shtrixli kodning so‘nggi raqami nazorat uchun ajratilgan bo‘lib, uning qiymatini kompyuter beradi. Shtrixli kod savdoda tovarlarni tamg‘alash uchun keng foydalaniladi. Shtrixli kodlarga tegishli standartlar 1977 yildan buyon mavjud.
Eksploit - Axborot resursi zaifliklaridan foydalanishga imkon beradigan dastur, harakatlar ketma-ketligi yoki buyruqlar to‘plami. Eksploitlar xatto tajribasi ko‘p bo‘lmagan foydalanuvchiga dastur, veb-sayt yoki eksploit mo‘ljallagan boshqa resursni buzishga imkon beradi.
Ekstranet tarmog‘i - Yopiq korporativ intratarmoqni kengaytirish natijasida xosil bo‘lgan tarmoq. U biznesni
181
samaraliroq olib borish uchun tashqilot axborot tizimidan tanlov asosida foydalanish zarurati bo‘lgan mijoz, yetkazib beruvchi, subpudratchi va ishchan xamkorlarni xamda tashqilotga nisbatan boshqa tashqi tomonlarni o‘zaro bog‘laydi.
Elektron biznec - axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan biznes turi.
Elektron biznes modellari. Iqtisodiy adabiѐtlarda elektron savdo va elektron tijoratning mohiyatiga, hisob-kitob va o‘zaro munosabatlariga ko‘ra to‘rtta modelga ajratgan holda ko‘rsatib berilgan, lekin kengroq ѐndashadigan bo‘lsak, ularning oltitasini ko‘rsatish mumkin:
B2C (business – consumers) – biznes sub’ektlari va iste’molchilar (aholi) o‘rtasidagi aloqa va savdo. Biznes- iste’molchi aloqa shaklida mahsulot ѐki xizmatni sotuvchi tijorat korxonasi, iste’molchi esa xususiy shaxs, yakuniy iste’molchi hisoblanadi. Elektron tijoratning ushbu modeliga elektron do‘konlar, shuningdek elektron tijoratdan foydalanadigan turli xil xizmatlarni taqdim etadigan korxonalar(elektron bank ѐki brokerlik xizmatlari, chiptalarga buyurtma berish, saѐhat xizmatlari, ta’lim va boshqalar) kiradi. Bunday holda, kompaniya mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qiladi (yuridik shaxs bilan emas, balki jismoniy shaxs bilan). Qoidaga ko‘ra, bu yerda tovarlarning chakana savdosi haqida gap ketmoqda. Tijorat operatsiyasini amalga oshirishning ushbu usuli mijozga sotib olish jaraѐnini soddalashtirish va tezlashtirish imkoniyatini beradi. U mahsulotni tanlash uchun do‘konga borishi shart emas: yetkazib beruvchining veb-saytidagi texnik xususiyatlarni ko‘rib chiqib, o‘ziga kerakli mahsulotni tanlab, yetkazib berish uchun buyurtma qilishi lozim bo‘ladi. Tadbirkor esainternet imkoniyatlaridan foydalangan holda talabni tezkor ravishdakuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, joy va xodimlarga ketgan xarajatlarni ham tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Savdoning ushbu turiga misol sifatida
182
iste’molchilarining maqsadli guruhiga yo‘naltirilgan internet magazinlarni ko‘rsatish mumkin. 2010 yildan boshlab ijtimoiy savdo ѐki ijtimoiy tarmoqlardagi tovarlar va xizmatlarni sotish usuli rivojlana boshladi.
B2B (business – business) – biznes va biznes sub’ektlarining o‘rtasidagi aloqa va savdo. Savdo va xizmatlarni sotuvchi ham, xaridor ham tijorat tashkilotlari hisoblanadi. Bu guruhga elektron korxona va ichki korxona tizimlari kiradi, ularda internet bitta korxona bo‘limlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish uchun ishlatiladi. Bugungi kunda elektron tijoratda amalga oshirilgan barcha bitimlarning katta qismi aynan shu modelg orqali amalga oshiriladi. Bunday o‘zaro aloqa mohiyati juda oddiy: kompaniya boshqa kompaniya bilan savdo qiladi. Internet-platformalar barcha bosqichlardagi operatsiyalarni sezilarli darajada soddalashtirish, savdoni yanada samarali va shaffof qilish imkonini beradi. Odatda, bunday hollarda, mijozning vakili sotuvchining ma’lumotlar bazasi bilan ishlash orqali buyurtmani bajarish jaraѐnini interfaol ravishda boshqarish imkoniyatiga ega. Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar internetdagi barcha foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan saytlarda ѐki faqat ro‘yxatdan o‘tganfoydalanuvchilar kira oladigan veb-resurslarda taqdim etilishi mumkin. B2B bitimiga misol sifatida keyinchalik kompaniya o‘z veb-resursi dizayni sifatida foydalana oladigan saytlar uchun shablonlarni kompaniyaga sotishni ko‘rsatish mumkin. Albatta, bularga har qanday o‘zaro munosabatlarni, shu jumladan, tovarlarni ulgurji yetkazib berishni ѐki shunga o‘xshash buyurtmalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Bunday o‘zaro munosabatlarga misol sifatida buyurtmani onlayn tarzda distribyutor veb-saytidagi hisob qaydnomangizda joylashtirishingiz mumkin.
G2C (government – consumers) – davlat va iste’molchilar (aholi) o‘rtasidagi aloqa (shuningdek, savdo ham bo‘lishi mumkin, masalan,
183
davlat qimmatli qog‘ozlarini ѐki boshqa davlat va hukumatning xizmatlaridan foydalanish). Hukumat - iste’molchi, hozirga qadar faqat nazariy jihatdan mavjud bo‘lib, uning o‘sishi turli xil ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq.
G2B (government – business) – davlat va biznes sub’ektlari o‘rtasidagi aloqa va savdo. Hukumat-biznes - ma’lumot almashish va xarajatlarni kamaytirish uchun elektron tijorat vositalaridan foydalanish (birinchi navbatda hujjat aylanishi uchun). Ushbu model shakllanish jaraѐnida bo‘lib, ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i va korporativ soliq to‘lovlarini qaytarish kabi sohalarda jadal rivojlanish istiqbollariga ega.
G2G (government – government) – davlat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqa va savdo.Hukumat (budjet tashkiloti) - hukumat (budjet tashkiloti) - bu axborot almashish va davlat tuzilmalari va boshqa budjet (notijorat) tashkilotlarining faoliyatini qisqartirish uchun tarmoqlar va dasturiy ta’minot tizimi. Bundan tashqari, bunday operatsiyalarga xarajatlarni kamaytirish maqsadida tuziladigan budjet tashkilotlari o‘rtasidagi bitimlar kiradi.
S2S (consumers – consumers) – aholi o‘rtasidagi aloqa va auksion savdo.Iste’molchi - iste’molchi - sotuvchi ham, xaridor ham jismoniy shaxs hisoblanadi. Ushbu modelda iste’molchi tovarlarni bevosita iste’molchiga sotadi. Elektron tijoratning ushbu usuli ikkala iste’molchi o‘rtasidagi bitimlarni o‘z ichiga oladi, ularning hech biri yuridik maqomga ega emas. Odatda, S2S -ga asoslangan savdo-sotiq hozirgi kunda ommalashib boraѐtgan Internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi, shuning uchun elektron tijoratning ushbu turi so‘nggi paytlarda eng tez rivojlanaѐtgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bunday tizimlarning mijozlari uchun asosiy qulayligi - bu do‘konlardagi narxlarga nisbatan tovarlarning arzonligi.
|
| |