• Shlyuz (gateway)
  • Shrift (font)
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet113/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Shifrlangan matn - Dastlabki matnni shifrlash natijasi. Uni kriptografik usullarsiz dastlabki matnga o‘girib bo‘lmaydi.
    Shifrlangan matnga xujum - Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan taxliliy xujum.
    Shifrlash (encryption) - Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga o‘girish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiyani shakllantirish va tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni o‘zgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan o‘rganish yoki o‘zgartirish imkoniyatini yo‘qka chiqaradi. Shuningdek, ma’lumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni ta’minlaydi. Shifrlashning ikki usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda kodlash va kodni ochish uchun birgina kalitning o‘zidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifromatnga o‘girishni, ikkinchisi esa (yopik kalit) shifromatnni dastlabki matnga o‘girishni ta’minlaydi.
    Shlyuz (gateway) - Tashqi yoki boshqa tarmoq bilan aloqa stansiyasi. Bir biri bilan uyg‘un bo‘lmagan tarmoqlar aloqasini xamda bir tarmoq doirasida bir biri bilan uyg‘unlashmagan protokollarning o‘zaro ishlashini ta’minlashi mumkin. Xilma xil arxitekturali kompyuter tarmoqlarini ulaydigan funksional qurilma yoki dastur. Buning evaziga ular orasida ma’lumotlar almashinuvi sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
    Shrift (font) - Alifbo ramzlarining to‘plam shakli. Shrift garnitura (imlo elementlari) ning birlashmasi, shakl, o‘lchamlar, interval bilan ajralib turadi. Masalan, Times New
    180
    Roman shrifti xar bir ramz shaklini belgilaydigan garnituradir. Shriftning o‘lchami punktlarda ifodalanadi. Xar bir punkt 1/72 dyuymga teng. Yana shriftlar shakli (to‘g‘ri, kursiv) va to‘yinganligi (och, yarim yo‘g‘on, yo‘g‘on) bilan ajralib turadi. Jadvalli (rastrdan foydalanuvchi) va konturli (vektorli) shriftlar farqlanadi. Jadvalli shriftlar nuqtalar matritsasini tanlashga asoslanadi (masalan, 8x12). Konturli shriftlarning xar bir belgisining shakllari matematik tenglamalar yordamida, chiziklar to‘plami sifatida ifodalanishi bilan ajralib turadi. Bu maqsadlar uchun Post Script tili va boshqa tillardan foydalaniladi. Buning evaziga printerga ekranda tasvirlangan ramzning aynan o‘zini chiqarish mumkin bo‘ladi. Konturli shriftlar matnlarni samarali ifodalash usulidir.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




    Download 1,42 Mb.