• Yulduzsimon topologiya
  • Yumshoq xendover (soft handover)
  • Yagona axborot makoni
  • Yarim avtomatik xendover
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet123/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Yulduzsimon tarmoq - Xamma foydalanuvchi tizimlar bitta markaziy ob’ektga ulangan tarmoq. Yulduzsimon tarmoq ma’lumotlarni marshrutlashda eng sodda tarmoq turi hisoblanadi. Bunday tarmoqda dastlab terminal - bosh kompyuter arxitekturasi ishlatilgan. Bu xolda tarmoqning markazida bosh kompyuter joylashar edi. Keyinchalik mijoz-server arxitekturasi vujudga keldi va endi tarmoq markazida server yoki kommutatsiya bog‘lamasi joylashadi. Bunday tarmoqning kamchiligi shundaki, markaziy ob’ektning ishdan chiqishi butun tizimning ishdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, tarmoq kanallarining umumiy uzunligi xaddan tashqari katta bo‘ladi.
    Yulduzsimon topologiya – Tarmokning “Yulduz” ni eslatuvchi topologik sxemasi. Unda xar bir olisdagi tarmoq bog‘lamasi bitta markaziy kommutator, bog‘lama stansiyasi yoki kanallar konsentratori bilan bog‘lanadi. Yulduzsimon topologiyali tarmoq lokal foydalanuvchilar uchun trafikni tarmoqlash (ajratish) va olisdagi foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi.
    Yumshoq xendover (soft handover) - Axborotni yo‘qotmay turib, ishchi kanalni bir tayanch stansiyasidan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash. Yumshoq qayta ulash rejimi bir vaqtda,
    196
    bittadan ko‘p tayanch stansiya bilan ishlash imkoniniyatini nazarda tutadi. O‘xshash tartibot ko‘p yo‘ldoshli aloqa tizimida xam mavjud bo‘lib, unda yer stansiyasining bitta kosmik apparat (tushayotgan) dan boshqa kosmik apparat (kutarilayotgan) ga qayta ulanishi sodir bo‘ladi.
    Yagona axborot makoni - Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni olib borish va ishlatish texnologiyalari, axborot- kommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari majmui. U yagona tamoyillar va umumiy qoidalar asosida ishlab, tashqilotlar va fuqarolar uchun axborot almashuvini ta’minlash xamda ularning axborotga extiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
    Yarim avtomatik xendover - Abonentni bir tayanch stansiyadan boshqasiga avtomatik tarzda qayta ulash usuli, bunda uning mobil stansiyasi signal darajasini ulchaydi va bu ma’lumotlar (o‘lchash natijalari) ni tayanch stansiyasiga uzatadi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




    Download 1,42 Mb.