|
Elektron to‘lov tizimi WEBSUM
|
bet | 119/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатElektron to‘lov tizimi WEBSUM – bu Internet tarmog‘i orqali bir zumda tovar yoki xizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to‘lov tizimidir. WEBSUM elektron to‘lov tizimi manzili: www.websum.uz.
190
Elektron to‘lov tizimi iPAY - bu UzExdagi birja savdolarida, www.uzbex.com global savdo maydonchasida, hamda iPAY tizimiga qo‘shilgan internet do‘konlarda on-layn to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O‘zbekiston Respublikasi tovar hom- ashyo birjasining to‘lov tizimidir. iPAY elektron to‘lov tizimi manzili: www.ipay.uz
Elektron universitetlar – bu Internetdan foydalangan xolda ta’limning yangi texnologiya va shakli. Elektron universitetda ta’lim jarayoni Internet orkali ish joyida va uyda, oliy va urta maxsus ta’lim maskanida va maktabda, xatto xizmat safarida tashkil etilishi mumkin. Elektron universitetlar orasida yetakchi universitet Butun jaxon taksimot universiteti xisoblanadi. Universitetning bulimlari Moskvada, Ostanada, Sofiyada, Bryusselda, Peterburgda, Olmaotada ochilgan. Universitetni tasis etuvchisi - Xalkaro Axborotlashtirish Akademiyasi, u dunyoning 60 mamlakatida uz bulimlariga ega.
Elektron hamyon - bu elektron pullarni saqlash uchun mo‘ljallangan vosita. Elektron hamyonni to‘ldirish va ulardan pul yechishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
Tijorat banklarida naqd pul bilan
Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida
Pochta orqali
Internet-banking yordamida
Pul o‘tkazmalar tizimlari yordamida
Mobil aloqa yordamida
Elektron hukumat - davlat hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishning yangi shakli bo‘lib, bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari va davlat organlari faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot olishning tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta’minlaydi.
191
Elektron hukumat - barcha ham "ichki", ham "tashqi" aloqalar va jarayonlar majmuasi bo‘lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta’minlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni yelektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo‘g‘inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga yelektron vositalar bilan xizmatlar ko‘rsatish, o‘sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. "Elektron hukumat" tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bo‘lgan, lekin amaliyotga so‘nggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda Aqsh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shug‘ullandilar. O‘zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko‘ra, u ikki o‘zaro bog‘langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o‘zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar va tashkilotlar bilan o‘zaro ishlashini ta’minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
|
| |