|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 118/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатElektron ta’lim (Electronic learning) - elektron o‘qitish tizimi, elektron o‘qitish, masofaviy o‘qitish kabi atamalar sinonimi bo‘lib, kompyuterlarni qo‘llash bilan o‘qitish, tarmokli o‘qitish, virtual o‘qitish, shuningdek axborot, elektron texnologiyalar yordamida o‘qitish.
Elektron tijorat - xaridor va sotuvchi o‘rtasida tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlar asosida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni sotishga qaratilgan faoliyat.
Elektron tijorat - tomonlarning o‘zaro hamkorligi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, tizimlari va tarmoqlari (Internet+) imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan savdo bitimlarining shakllari.
189
Elektron tijorat texnologiyalari - elektron tijoratni amalga oshirish usullari, monetizatsiya sxemalari, elektron tijoratni boshqarish vositalari va mexanizmlaridir.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi. Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati; Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Elektron to‘lov tizimlari. WEBSUM, iPAY, PAYNET, WEBMONEY, IntellectMoney, Perfect Money, RBK Money, V-money. Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir.
|
| |