|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 125/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатQiyoslash testlari - o‘rganilayotgan obektlarda umumiylik yoki farqlarni topish so‘raladi, bunda kiyoslanayotgan xususiyatlar yoki parametrlar topshiriq shartida berilgan bo‘ladi.
198
Qobik (shell) – Ko‘pchilik uchun foydali bulgan dasturiy ta’minot, ko‘p xollarda mustaqil dastur bo‘lib, u foydalanuvchi uchun operatsion muhit bilan muloqot rejimida qulay o‘zaro ishlashni ta’minlaydi. Optik tolali va gibrid kabellarni tashqil qiluvchi elementlardan biri.
Ko‘shimcha reallik (additional reality) - bu kompyuter tomonidan qabul qilingan reallik elementlari (real narsalar idrok maydoniga o‘rnatilganda) yordamida "ko‘shimcha " yaratilgan aralash reallikdir.
Ko‘shimcha reallik. Atrofdagi olamga axborot qo‘shish – vazifa yoki mahsulot bilan yaqinroq tanishish uchun grafik-audioqator qo‘shish. Bunday “kengaytirish” yordamchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy qo‘llanish sohalari:
Virtual ekspozitsiya
Ta’lim
Sayohat va turizm
O‘yin sanoati
Bosma va reklama
Chakana savdo
Marketing
Halka tarmog‘i - O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. Shu sababli, sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan xollardagina qo‘llaniladi. Yuqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan xam yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u
199
ikki halqadan biri ishdan chikkan xolatlarda xam ishlash imkoniyatiga ega.
Hisoblash tarmog‘i - Axborotga ishlov berish va uni saqlash uchun apparat vositalarini yaratishga ixtisoslashgan ilm-fan va texnika sohalari majmui. Vazifalarni bajarish jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan hisoblash vositalari: kompyuterlar, tashqi qurilmalar, abonent punktlari, aloxida terminallar, ma’lumotlarni uzatish vositalari.
|
| |