• Laboratoriya jihozlari
  • Amaliy mash‘ulot №5 Mavzu




    Download 1,42 Mb.
    bet1/5
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #150045
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    AMALIY MASH-5


    AMALIY MASH‘ULOT №5
    Mavzu: Moodle tizimida nazorat testlari yaratish Moodle tizimida topshiriqlar, nazorat testlari, anketa soʻrov hosil qilish va undan foydalanish..
    Ishning maqsadi: Moodle tizimida topshiriqlar, nazorat testlari, anketa soʻrov hosil qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
    Kutilayotgan natija: Talabalar Moodle tizimi imkoniyatlaridan foydalanib, topshiriqlar, nazorat testlari, anketa soʻrovlari tayyorlashni va foydalanishni bilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
    Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
    Ish rejasi:
    1. Moodle da test tuzish usullari.
    2. Yopiq turdagi testlarni tuzish.
    3. Ochiq turdagi testlarni tuzish.
    Tayanch tushunchalar: Moodle, test, ochiq, yopiq, bir tanlovli, ko‘p tanlovli.


    Moodle da test tuzish usullari.
    Moodle da test tuzishni ikkita usuli bor1.
    1–usul: Boshqarish bloki orqali
    2–usul: Menyuning “Kurs elementini qo‘shish” bo‘limi orqali ikkala usulda ham test savollarini kiritishdan oldin quyidagi ketma-ketlikni bajarish lozim:
    –test parametrlarini o‘rnatish;
    –test savollarini kiritish;
    –tuzilgan savollarni testga(kategoriyaga) joylashtirish;
    –zarur bo‘lganda testni va test parametrlarini tahrirlash.
    Dars vaqtida o‘tkaziladigan testlar albatta dars jadvaliga qo‘yilgan va kompyuter xonalarida o‘tkaziladigan fanlar uchun qulaydir. Darsdan tashqarida o‘tkaziladigan testlarni quyidagi jarayonlar ketma-ketligi orqali o‘tkazish tavsiya etiladi.
    1. O‘qituvchi testni tashkil qilish va o‘tkazish parametrlarini tarmoqdagi o‘zining o‘quv kursiga joylaydi.
    2. O‘qituvchi talabalarga test mazmunini, test o‘tkaziladigan joyini, test o‘tkazish vaqtini va sanasini, urinishlar soni va baholash usulini e’lon qiladi.
    3. Test tugagandan keyin o‘qituvchi tarmoqda test natijalarini tahlil qiladi.
    Test o‘tkazilayotgan paytda o‘qituvchi test o‘tkaziladigan xonada bo‘lishi shart emas, chunki bu jarayonda talaba o‘zi mustaqil fikrlab testni yechishi lozim. Moodleda test tuzish uchun dastlab kategoriya yaratamiz, yaratilgan kategoriyaga test savollarini alohida-alohida joylaymiz. Test savollarini alohida yaratish savollarni variantlarda takrorlanmasligini ta’minlab beradi. Demak:
    1. Kategoriya ochiladi
    2. Test savollari tuziladi
    3. Test savollari Moodlega o‘tkaziladi




    Download 1,42 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1,42 Mb.