• «Jo‘natish»
  • Ochiq turdagi (qisqa javob) testlarni tuzish.
  • «O‘zgarishlarni saqlash»
  • Yopiq turdagi ko‘p tanlovli testlarni yaratish




    Download 1,42 Mb.
    bet4/5
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #150045
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    AMALIY MASH-5

    Yopiq turdagi ko‘p tanlovli testlarni yaratish.
    Bunday testda talaba test savollariga bir nechta to‘g‘ri javobni topib belgilaydi. Testni tuzishdan oldin test parametrlarini o‘rnatamiz, ya’ni yuqoridagi oyna parametrlari to‘ldiriladi, faqat «Bir yoki bir necha javoblar» bo‘limidan «Ko‘p tanlovli javoblar ruxsat etiladi» bandini tanlaymiz, qolgan amallarni barchasi xuddi, yopiq turdagi bir tanlovli testdagi kabi bo‘ladi. To‘g‘ri javob variantlaridan bittani emas, bir nechtani kiritamiz.



    Javoblarning ixtiyoriy ketma-ketligidan «ha» ni belgilasak har bir urinishda javoblarni o‘rni almashib chiqadi, ya’ni birinchi marta testni ishlaganimizdagi test javoblarini o‘rni ikkinchi marta testni ishlaganimizda almashib beriladi.
    Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalar test topshirish jarayonida bir-birlaridan ko‘chirmasliklarini oldini olishdan iborat. Testni ishlash jarayonida ushbu oynadagi kvadratchalar ichiga to‘g‘ri javoblarni belgilaymiz, keyin esa «Jo‘natish» bandini tanlaymiz, ya’ni quyidagicha qilib:



    Bu yerda testni javobi sifatida formula yoki tasvirlar bo‘lishi mumkin. Buning uchun javob maydonida shu tasvirga gipersillka qo‘yiladi, ya’ni HTML tegi ko‘rinishidagi gipermurojat qo‘yiladi. Rasmlar oldindan kursning fayl bo‘limiga yuklangan bo‘lishi kerak. Rasmlarni savol o‘rnida ishlatish ham mumukin ya’ni ushbu rasm nimani ifodalaydi degan ma’noda. Rasmlarni javob o‘rnida ham ishlatish mumkin.
    Biz hozir siz bilan Yopiq turdagi testlarni qanday tuzishni ko‘rib chiqdik. Endi esa Ochiq turdagi (Qisqa javob) turdagi testlarni tuzishni ko‘rib chiqamiz.

    Ochiq turdagi (qisqa javob) testlarni tuzish.


    Ochiq turdagi testlarni tuzish uchun ushbu oynadan



    javob bo‘limini tanlaymiz va quyidagi oyna hosil boladi:




    Bu oynada Savol nomi, Savol matni, dastlabki o‘rnatilgan holat bo‘yicha baho, Jarima maydoni, Javob, Baho, hamda bahoga sharh kabi bo‘limlari bor.
    Bu oyna ham yuqoridagi yopiq turdagi testdagi kabi to‘ldiriladi. Hamma parametrlarni to‘ldirib bo‘lgach, «O‘zgarishlarni saqlash» bo‘limini tanlaymiz u holda bizda quyidagicha oyna hosil bo‘ladi:



    Biz oldingi testdagi kabi tuzilgan savollarni testga joylashtirish uchun quyidagi ikkita belgini ketma-ket bosamiz, natijada biz yaratgan savol birinchi oynaga o‘tadi va testga qo‘shiladi.
    Bu holat quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

    Bu oynada biz testni yechish uchun birinchi belgini bosamiz va yangi bir oyna hosil bo‘ladi.



    Bu turdagi testlarda savolga javob qisqa so‘z bilan beriladi, ya’ni javob variantlari bo‘lmaydi. Hosil bo‘lgan oynada biz yaratgan savol, qo‘yiladigan ball, javob uchun darcha, jo‘natish tugmasi, sahifani jo‘natish, barchasini jo‘natib sinovni yakunlash, javoblarni aks ettirish, yangidan boshlash, ko‘rib chiqish oynasini yopish kabi parametrlari bo‘ladi. Biz savolga javobni javob darchasiga kiritamiz va «Jo‘natish» tugmasini bosamiz va quyidagicha oyna hosil bo‘ladi:



    Bu holat bilan biz oldingi testni tuzish davomida tanishgan edik.



    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yopiq turdagi ko‘p tanlovli testlarni yaratish

    Download 1,42 Mb.