|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 108/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатFunksional blok - Yechilayotgan vazifaning aniq qismini bajarayotgan qurilma yoki dastur. Axborot tarmoqlarining
173
arxitekturasida, protokolni amalga oshiradigan va kerakli xizmatlarni ta’minlaydigan funksional blok tushunchasi muxim axamiyatga ega. Funksional blok algoritm bilan tavsiflanadi. Algoritm, ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash yoki uzatish bilan bog‘liq jarayonlarni belgilab beradi. Natijada, funksional profillar yaratiladi. Funksional platformalarning xilma xil turlari mavjud. Ishlatilayotgan o‘zaro ishlash sohasi pog‘onalariga qarab, to‘la funksional profillar, chala funksional profillar va asosiy funksional profillar farqlanadi. Turli xildagi protokollar yig‘masi ishlatilishi munosabati bilan, ko‘p tabelli profillar tobora keng tarqalmoqda.
Funksional profil - Aniq doiradagi ma’lumotlarga ishlov berish va ularni uzatish vazifalariga mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan protokollar shajarasi. ISO va XTI xujjatlarida tarmoq xizmatlarining keng ko‘lami belgilangan, bu ko‘lam xamon kengaymokda. O‘zaro ishlash sohasining yettita pog‘onasiga tegishli qator standartlar chiqarilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining standartlarini ishlatishlari va ularning o‘zaro ishlash sohasiga birlashtirishlari mumkin.
Funksiyalar ustasi (wizard) - Foydalanuvchining grafik interfeysidagi interaktiv funksiya. Bosqichma-bosqich bajariladigan operatsiyani (masalan, dasturni o‘rnatish) ketma-ket o‘zgarib turadigan dialog oynalar yordamida bajarish. Ba’zida bu kabi interfeyslar druid, djin yoki assistent deb nomlanadi. Funksiyalar ustasi ko‘rilgan tizim utiliti sifatida birinchi bor Microsoft Windows 95 operatsion tizimida foydalanilgan.
FTP (File Transfer Protocol) - tarmoq orqali fayllarni uzatish protokoli.
- X -
174
Xab - Kompyuterlarni lokal tarmoqka ulash uchun qurilmasi. Odatda signal kuchaytiruvchisi bilan birlashtiriladi. Bir necha ulash uyali kuti shakliga ega. Xab yordamida bog‘langan kompyuterlar muloqoti “bittasi uzatadi - barcha eshitadi” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Eng oddiy xablar ko‘p portli takrorlovchilardir. Xablar BNC, RJ-45, AUIulash uyalari to‘plamiga ega bo‘lib, manbadan qabul qiluvchiga uzatish uchun kabel tanlashni ta’minlashi mumkin. Xab portiga aloxida bog‘lama xam, boshqa xab xam ulanishi mumkin. Turli xil portlar to‘plamiga ega bo‘lgan xablar turli kabel tizimli tarmoq qismlarini birlashtirish imkonini beradi. Murakkabrok va kimmatrok xillari xam mavjud, masalan, kommutatsiya xabi.
|
| |