|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 107/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатForum (Forum) – uzok vaqt davomida foydalanuvchilar o‘rtasidagi muloqotni tashkil etish mumkin bulgan tizim. Forum moduli chat modulidan farqi bo‘lib, chat aniq bir vaqt mobaynida qisqa xabarlar orqali muloqot tashqil etish uchun xizmat kiladi.
Fraktal - o‘ziga o‘xshash xususiyatiga ega geometrik shakl, ya’ni butun shaklga o‘xshash bir necha qismlardan iborat bo‘lgan shaklni
172
bildiruvchi atama. Kengroh ma’noda fraktal deganda Yevklid makonida kasriy metrik o‘lchamlar yoki topologikdan qat’iy kattaroq bo‘lgan metrik o‘lchamga ega nuqtalar to‘plami tushuniladi. Fraktallar yordamida tasvirlarni siqish algoritmlari mavjud.
Fraktal - lotincha Fractus suzidan olingan va u «qismlardan tuzilgan» ma’nosini anglatadi.
Fraktal grafika – bu grafika vositasida shakllangan tasvirlar xam xuddi vektorli grafika kabi matematik xisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida ‘ech kanday oboektni saklamasligi
Freym - Grafik va nashriy ishlanmalarda - matn yoki tasvir joylashtiriladigan to‘g‘ri burchakli maydoncha. Aloqada - uzatilayotgan axborot paketi. Video va animatsiyada - kadr, tasvirlar ketma-ketligidagi tasvirlardan biri. HTMLtilida - teg, ekranda bir necha mustaqil sohalarni shunday ajratib beradiki, ularning xar biriga uzining veb-sahifasini yuklash imkoni bo‘ladi.
Freym reyt - Kadrlar chastotasi. Tasvir qurilmasi yoki tizimi (videokamera, monitor, kompyuter grafikasi) bir sekundda ko‘rsatadigan kadrlar soni. Sekunddagi kadrlar sonida o‘lchanadi. Friking - Bepul qo‘ng‘iroq qilish uchun taksofonlarni va telefon tarmoqlarni buzib ochish. Oxirgi paytda xar xil elektr tizimlarni (masalan, foydalanish nazorat tizimini) buzib ochish xam paydo bo‘lgan.
Frod (fraud) - Mobil aloqa xizmatlaridan xaq to‘lamay foydalanishga qaratilgan faoliyat. Frodning ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, u abonent apparatlarni o‘g‘irlab foydalanishdan tortib to telefon apparatlarini qayta o‘zgartirib tuzish, identifiqator va parollarni imitatsiyalashgacha harakatlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |