• Fizik xosting
  • Filtrlash
  • Flesh-xotira
  • Foydalanuvchi identifiqatori
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet105/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Feystel shifri - Takrorlanadigan blokli shifrning maxsus klassi. Unda shifrmatn ochiq matn asosida aylanib o‘tish vazifasini takror qo‘llash hisoblanadi. Ayrim xollarda Feystel shifrini DES kabi shifr deb atashadi. Ishlov berilayotgan matn ikki qismga bo‘linadi va aylanib o‘tish vazifasi qo‘shimcha kalitning birinchi qismiga qo‘llaniladi. Aylanib o‘tish vazifasini qo‘llashning natijasi ikkinchi qism bilan 2 moduli (XOR amali) bo‘yicha qo‘shiladi. So‘ngra, ikkala bo‘lak o‘zaro almashib jarayon takrorlanadi.
    Fizik xosting - Kompyuteringiz (serveringiz)ni xosting provayderining telekommunikatsiya boglamasi (server xonasi)da joylashtirish, kompyuterni Internet tarmog‘iga ulash va provayder tomonidan texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. Fizik xostingning virtual xostingdan asosiy farqlari quyidagicha: ishlatilayotgan dasturiy ta’minot va texnologiyalarga cheklashlar yo‘qligi (ushbu cheklashlar virtual xostingdan foydalanganda albatta mavjud bo‘ladi); serverning texnik resurslaridan faqat sizning loyixangiz uchun foydalanish (virtual xostingda resurslar barcha virtual serverlarning umumiy foydalanishida bo‘ladi); bir necha Internet loyixangizni uz kompyuteringizda joylashtirish virtual xostingga karaganda qulayrok va xatto arzonrok bo‘ladi.
    Filtrlash - Signallar yoki ma’lumotlarning umumiy oqimidan ularning kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Filtrlash filtr yordamida amalga oshiriladi.
    169
    Fishing - Foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari - login va parollarga kira olish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining turi. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishorat mavjud bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing - ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi: servislar qayd yozuvi ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech kachon xat yubormaydi.
    Fleym - Internetning forumlar va chatlarda xabar almashish, so‘z urushi, ko‘pincha baxsning birlamchi sababiga hech kanday aloqasi yo‘q. Fleym xabari shaxsga nisbatan haqoratdan iborat bo‘lishi mumkin va bu narsa ko‘pincha urushni yanada qizitishga qaratilgan. Ba’zida trolling sifatida ham kelishi mumkin, lekin ko‘pincha virtual xamsuhbatga bo‘lgan xafagarchilikdan kelib chiqadi.
    Flesh-xotira - Ma’lumotlar butun bloklab o‘chiriladigan va qayta yoziladigan maxsus xotira qurilmasi. Flesh-xotira qurilmasi yarim o‘tgazgichlar texnologiyasi asosida yaratiladi. Ular disk va tasmalardan farqli o‘larok, darhol ishga tayyor turadilar, kamroq energiya sarflaydilar. Zamonaviy kompyuterlarning ko‘pchiligi o‘zlarining BIOS larini flesh-xotirada saqlaydilar, bunda ularni yangilab turish osonlashadi. Bunday BIOS lar flesh BIOS deb ataladi. Flesh-xotira modemlarda xam ommaviy ishlatilmokda.
    170
    Foydalanuvchi identifiqatori - Foydalanuvchini aynanlash uchun ma’lumotlarga ishlov berish tizimi tomonidan ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi yoki tasvir.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




    Download 1,42 Mb.