|
Uzatuvchi optoelektron modul
|
bet | 102/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатUzatuvchi optoelektron modul (transmitting optoelectronic module) - Elektr signallarni optik signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti.
Uy sahifasi - brauzer tomonidan dastur yuklangandan so‘ng terminalda paydo bo‘ladigan veb-sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi. Odatda, prezentatsiya va navigatsiya bo‘yicha xam asosiy ish bajaradi. Veb-sayt foydalanuvchisi ochadigan birinchi veb-sahifa. Saytdan foydalanish undan
164
boshlanadi. Odatda, foydalanuvchi o‘zining qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko‘rishi mumkinligi haqida uy sahifasidan ma’lumot oladi.
Uygacha utkazilgan optik tola (fiber-to-the-home (FTTH), fiber-to- the-building (FTTB)) - Unga ko‘ra, optik-tolali liniyalar xar bir xonadongacha yetkaziladi. Asosiy bog‘lamani abonent bilan bog‘lash uchun passiv optik taqsimlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida ko‘p simli magistral kabeldan kam tolali kabelga o‘tish ta’minlanadi. Abonentni ulash uchun ikki simli optik kabeldan foydalaniladi.
Umum foydalanadigan axborot tizimi (common use information system) - Barcha jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun ochiq va ushbu shaxslarga xizmatlari rad etilishi mumkin bo‘lmagan axborot tizimi.
Umumjaxon o‘rgimchak turi (world wide web (WWW)) - Internetdagi resurslarni izlash va ulardan foydalanish uchun gipermatn tizimi. WWW ushbu tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni, ularni bog‘lovchi gipermurojaatlar tizimi orqali ko‘rib chiqish imkonini yaratuvchi Internet xizmatlari majmuini taqdim etadi. WWW ning apparat ta’minoti asosini butun dunyoda joylashgan va Internetda birlashgan ko‘plab kompyuterlar tashqil etadi. WWW ning axborot asosini veb-xujjatlar deb atalgan, ushbu kompyuterlar xotirasida saqlanayotgan gipermatnga asoslangan xujjatlar tashqil etadi. Veb-xujjatlardagi ishoratlar orqali foydalanuvchi boshqa xujjatlarga o‘tishi mumkin. WWW Internetdagi kompyuterlar fayllar va xujjatlarni uzatish protokollaridan foydalanganligi sababli, ushbu atama odatda umumjaxon kompyuterlar tarmog‘ini xam, axborotning uzini xam bildiradi. Veb-xujjatlardan foydalanish mijoz-server arxitekturasi asosida amalga oshiriladi. Serverdan xujjatni olish uchun uning xammabop resurs ko‘rsatkichi (URL) deb ataladigan tarmoqdagi manzili qo‘llaniladi.
165
Utilita - Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operatsion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va boshkalar uchun xizmat kiladi.
|
| |