• Uzatishning asinxron rejimi
  • Uzatuvchi muhit
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet101/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Uzatishlar trankingi – (transmission trunking) - Tranking aloqani tashqil qilishda kanallarni dinamik ajratish usuli. Kanal abonentga faqat cheklangan vaqtga ajratiladi va uzatkich ishlashi tugashi bilan darhol bo‘shatiladi. Pauzadan keyingi aloqa seansi istalgan bo‘sh kanal orqali tashqil qilinishi mumkin. Bunday rejim trankingli tizimlarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, birok, yuklama maksimal qiymatdan ortgan vaqtda, ayniksa tig‘iz vaqtlarda, axborotni uzatishda kechikishlar bo‘lishi va buning oqibatida so‘zlashuvlarning qulayligi pasayishi mumkin.
    Uzatishning asinxron rejimi (asynchronous transfer mode (ATM)) - Kommutatsiya kanallariga ega tarmoqlarda barcha turdagi (ma’lumotlar, ovoz va video) trafikning bir xil paytda yuqori tezlikda uzatish texnologiyasi; kommutatsiyalanadigan tarmoqlari uchun standart. Ma’lumotlar cheklangan uzunlikdagi (53 bayt) paketlar (“uyalar”)ga aylantiriladi. Protokol bog‘lanishlar uchun mo‘ljallangan: ma’lumotlarning uzatilishidan oldin ma’lumotlarni


    163
    jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida virtual bog‘lanish (kommutatsiyalanadigan yoki doimiy) tashqil kilinadi, bu esa marshrutlash tartiblarini osonlashtiradi. Turli o‘tkazish qobiliyatiga ega tarmoqlarda (sekundiga 2 dan 620 Mbitgacha) ma’lumotlar va sarlavhadan iborat 53 baytli uyalarning kafolatlangan almashuvi uchun vositalar mavjud. Protokol nomidagi “asinxron” atamasi bitta bog‘lanishdagi uyalar aloqa kanalidan istalgan vaqtda (ya’ni nomuntazam ravishda) foydalanishi mumkinligini bildiradi. Ma’lumotlar uzatishning asinxron rejimi (MUAR) dizayni apparatli ta’minot darajasida dasturiy ta’minotga qaraganda osonroq tashqil etilishi sababli, ma’lumotlarga ishlov berish va kommutatsiyasining yuqori tezlikda (sekundiga 10 Gbitgacha) bajarilishi mumkin. MUAR sinxron optik tarmoqlar (SONET) va boshqa ba’zi tarmoqlar bilan birga keng polosali ISDN bog‘lanishning asosiy tarkibiy bulagidir.
    Uzatuvchi muhit (transmission media) - Elektr energiya yoki elektromagnit nurlanishning fizik tashuvchisi. Qo‘shimcha signallarni uzatishda, tovush yoki ma’lumotlar uzatishda foydalaniladigan, xar xil turdagi simlar yoki optik-tolali kabellar. Odatda, mis simlar - o‘ralgan juft, koaksial va tvinaksial optik-tolali kabellardir. Bir, ikki, turt, ko‘p simli va tasmali optik-tolali kabellar mavjud. Axborotni uzatish uchun foydalaniladigan turli xil yer-usti radioaloqa vositalari, yo‘ldoshli, kabelli va optik-tolali liniyalar majmui.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150




    Download 1,42 Mb.