|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 103/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатUch o‘lchamli grafika - Hajmli ob’ektlarning tasvirlari ustidan tekislikda amallar bajaruvchi kompyuter grafikasi. Uch o‘lchamli grafika uch o‘lchamli tasvirni ikki o‘lchamli shaklda ifodalash modelini ishlatish natijasida olinadi. Shu bilan birga, sintezlanayotgan uch o‘lchamli 3D ob’ektning mumkin bo‘lgan eng ko‘p darajada taqlid qilinishi ta’minlanishi shart. Uch o‘lchamli grafika tushuntirilayotgan materialni izohlashda keng ishlatiladi va virtual borliqni boyitadi. Uni tavsiflash uchun turli tillar ishlatiladi, shu jumladan, virtual borliqni modellash tili xam ishlatiladi.
Uch o‘lchamli interfeys - Uch o‘lchamli grafikani tavsiflaydigan amaliy dasturlar interfeysi. Uch o‘lchamli (3D) interfeysning yaratilishi aniq ob’ektlarni tavsiflaydigan uch o‘lchamli grafikaning barcha kuchli vositalarini birlashtirish imkonini beradi. Bu uch o‘lchamli tavsiflar bo‘yicha, inson “kurishiga” taklid etilgan virtual borliqda harakatlanuvchi tasvirlarni tezkor kurish texnologiyasini yaratish imkonini beradi.
Uber – taksi xizmatlariga buyurtma berish va foydalanishga imkon yaratadigan raqamli platforma
UML - United Modeling Language. Modellashning universal tili. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi ob’ektli modellashning grafik izohlash tili. UML keng ko‘lamli til hisoblanadi. Tizimning abstrakt modelini yaratish uchun grafik belgilarini ishlatadigan ochiq standart. UML asosan dasturlash tizimlarini aniqlash, vizualizatsiya, loyihalash va
166
hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML ni ishlatish dasturiy ta’minotni modellash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uni, shuningdek, biznes jarayonlarini modellashda, tizimni loyihalashda va korxona shaklini ko‘rsatishda ham ishlatishadi. UML dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga umumiy tushunchalarni taqdim qilishda (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va xulq-atvor) grafik belgilarda kelishtirishga imkoniyat beradi.
Facebook - kompaniya bo‘lib, faoliyatini ijtimoiy tarmoq sifatida boshlagan, lekin hozirda har qanday personal ehtiyojlarni amalga oshirishga imkon beradigan, to‘qqiz milliondan ortiq ilova va xizmatlarni o‘z ichiga oladigan ekotizim yaratgan. Facebook va Google platformalari integratsiyasi har bir foydalanuvchi imkoniyatlarini oshiradi.
Fayl - Yagona yaxlit deb karaladigan ma’lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan ob’ektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, tahrir qilishi, bir qurilmadan boshqasiga jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin. Xar bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat. Faylning atributlariga, birinchi navbatda, uning ismi, axborot turi, yaratilish kuni va vaqti, undan foydalanish usuli, uni ishlatishga ruxsat berish shartlari kiradi. Faylni kuzatib borish muxim tushunchalardandir. U davriy zahira nusxalarini yaratishni va faylni samaraliroq izlash imkonini beradigan tarzda tashqil qilishni nazarda tutadi.
Fayl (Fayl) – LMS tizim bulgan Moodle ning bu moduli fayllarni kurs resursi sifatida kurs tarkibiga yuklash(load) imkonini beradi va ular kurs sahifasida ko‘rinadi. Talabalar esa yuklangan fayllarni ko‘chirib olish (download) imkoniga ega bo‘ladilar.
167
Fayl brauzeri - Operatsion tizimda papkalarning ichini ko‘rib chiqish dasturi.
|
| |