|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 100/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатTrafik analizatori - Boshqa bog‘lamalar uchun mo‘ljallangan tarmoq trafigini ushlab qolish va keyingi tahlillash yoki faqat tahlil qilishni amalga oshiradigan dastur yoki dasturiy- apparatli vosita. Analizator ishlayotganda tarmoq interfeysi “tinglash rejimiga” o‘tadi va bu unga tarmoqdagi boshqa interfeyslarga yuborilgan paketlarni qabul qilishga imkon beradi.
161
Trafik taxlili - Axborot almashuvi oqimini nazorat qilish asosida axborot xaqidagi taxminlar. Misol: aloqa tarmog‘i ish yukining mavjudligi yoki yo‘qligi, xajmi, yo‘nalishi va chastotasining taxlili.
Trigger - Ikki barqaror xolatga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib. xolatlarning birini ixtiyoriy vaqt davomida saqlashi va kirish signali ta’sirida boshqa barqaror xolatga o‘tishi mumkin. Ikkitadan ortiq barqaror xolatga ega, ko‘p barqaror xolatli element deb ataluvchi qurilmalar xam mavjud. Ularning ish tamoyili turli fizika xodisalaridan biriga asoslanadi. Kompyuterlarda asosan elektron xodisalarga asoslangan ikki barkaror xolatli triggerlar ishlatiladi. Ma’lumotlarni yangilash, boyitish va yo‘q qilish amallarini bajarishda avtomatik bajariladigan, pirovardida aniqlangan harakat yoki harakatlar ketma-ketligi. Trigger ma’lumotlarni yangilash qoidalari tekshirilgandan so‘ng ishga tushadi. Na foydalanuvchi, na ishlanmalar triggerni faollashtira olmaydilar. Trigger quyidagilardan tashkil topgan: cheklanishlar, ularni amalga oshirish uchun trigger yaratilgan; xodisa, cheklanishlarni tekshirishni talab kiladigan xolat yuzaga kelishini belgilaydi.
Trigger (angl. trigger) – kurol tepkisi ma’nosini anglatadi, ob’ekt tanlangandan keyin, biror bir harakatni bajaruvchi animatsiya effekti.
Tuzilmaviy dasturlash. Mantiqan oddiy va tushunarli dasturlarni yaratishga qaratilgan dasturlash uslubiyati. Tuzilmaviy dasturlash dasturning mantiqiyligi va tushunarliligi, uning ishlab chiqilishi to‘g‘riligini isbotlashi va keyingi kuzatishni osonlashtirishi, shuningdek, uning ishonchliligini ta’minlashi haqidagi taxminga asoslangan. Tuzilmaviy dasturlashning o‘ziga hos tamoyillari quyidagilardir:
162
pasayuvchi dasturlashda vazifa kichik dasturlar (tartibotlar yoki vazifalar) shaklida dasturlashtiriluvchi bir necha oddiyroq qismlar yoki kichik vazifalarga bo‘linadi;
modulli dasturlashda nisbatan mustaqil kichik vazifalar alohida dasturiy modullar shaklida dasturlashtiriladi;
dasturlashda boshqarishning uchta tuzilmasidan foydalanish (ergashish, tanlash va takrorlash) mumkin, xohlagan algoritm harakatlar, tarmoqlanishlar va takrorlashlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, ularni asosiy boshqarish tuzilmalari yordamida tasniflash mumkin;
boshqarishni shartsiz uzatishdan voz kechish va global o‘zgaruvchilardan foydalanishni kamaytirish mumkin; kichik dasturlar (tartibotlar yoki vazifalar)ni chaqirish yordamida barcha kichik vazifalar bir butun tuzilma dasturga bog‘lanadi.
|
| |