|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/10 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #254115 |
Bog'liq Talabalar bilimini baholash uchun test tizimi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI AMALIYMATEMATIKA KAFEDRASI
Algoritmiktillar va dasturlash fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Talabalar bilimini baholash uchun test
tizimi
Bajardi: _____________
Qabul qildi: _____________
Kirish 3
I BOB. Nazariy qism 5
1.1 Windows Forms grafik muharriri 5
1.2. Talabaning o’zlashtirish va qaydnomasi tizimi 9
II BOB. Amaliy qism 15
2.1. Tizimda foydalanilgan ma’lumotlar bazasi 15
2.2. Tizim interfeysini qurish 16
2.3 Tizimni ishlash jarayoni va undan foydalanish 18
Xulosa 30
Foydalanilgan adabiyotlar 31
Kirish
Kundan kunga tobora o’sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining to’xtovsiz rivojlanishi, kompyuterda yechilishi kerak bo’lgan masalalar ko’lamining kengayishi va murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchilarning oldiga yangidan yangi vazifalarni qo’ymoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko’pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida jamlash, saqlash va qayta ishlash ham muammo bo’lmoqda. Shuning uchun axborot- kommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan samarali foydalanishni va axborot tizimlarini yaratishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Unda belgilangan vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil-21 martdagi ‘‘Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-1730 qarori hamda ‘‘O’zbekiston Respublikasida ‘‘Elektron ta’lim milliy tarmog’ini yaratish’’ investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’’ gi PQ-1740 qarori va boshqa bu sohaga taalluqli me’yoriy hujjatlar algoritmik ta’minot ishlab chiqish va joriy etishning juda keng ko’lamli ekanligidan dalolat beradi. Barcha tashkilot va muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish va ulardan keng ko’lamda foydalanishga erishishda algoritmlashtirishning o’rni katta hisoblanadi.
Axborot tizimlari axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng ko’lamli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlashtirish tizimi, ma’lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi.
Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo’llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyalarini yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biridir. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muammo obyektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muammo obyektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak. Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash tillarining rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o’zida ifodalovchi kompyuter buyruqlari bilan ishlaganlar.
Bu buyruqlar nol va birlar ketma-ketligidan iborat matnlardan tashkil topgan edi. Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo’lgan mashina buyruqlarini o’zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Keyinchalik FORTRAN, BASIC, PASKAL va COBOL singari yuqori darajali tillar ham paydo bo’ldiki, bu tillar yordamida so’z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular buyruqlarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o’tkazar edi.
Algoritmlash tillari yaratilishi bo’yicha uchta turga ajratiladi:
-quyi darajadagi;
-o’rta darajadagi;
-yuqori darajadagi.
Ma’lumki, ma’lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi ya’ni algoritm dasturlash tillarida yozilayotganda kamroq buyruqlardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi.
Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog’liq bo’lib, buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo’lib, ularni tahrirlash katta mehnat talab qiladi.
O’rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki insonlar tushunadigan ba’zi so’zlar ishlatila boshlandi(Assembler).
Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo’linadi:
Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.)
Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.)
Obyektga mo’ljallangan(Object Pascal, C#, Java va boshqalar.)
C# dasturlash tili tarkibida bir nechta imkoniyatlar mavjud, ya’ni consol rejimi, forma obyekt rejimi, grafik muhiti va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlari keng joriy etilgan.
|
| |