|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 6/10 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #254115 |
Bog'liq Talabalar bilimini baholash uchun test tizimiMa’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog’liq.
Maydon -bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi bo’lib, u axborotning eng kichik va bo’linmas birligi bo’lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi. MB jadvali ustunlariga beriladigan nomlarni bildiradi. Masalan, MBning ishchilar jadvali uchun maydon nomlari quyidagilar bo’lishi mumkin: familiyasi, ismi, tug’ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi (tipi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma’lumotlar turlarini bildiradi. Masalan, raqam ―N‖ (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon o’lchami (uzunligi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma’lumotlarning maksimal uzunligi. Masalan, eng ko’p belgilar sig’imi.
Aniqlik (son turidagi ma’lumotlar uchun) haqiqiy son o’nlik kasr qismining maksimal uzunligi.
Yozuv –bu mantiqiy bog’langan maydonlar to’plami bo’lib, MB jadvali qatoridir.
Fayl (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega yozuv nusxalari to’plami.
Kalit. Kalit yozuv nusxasini bir qiymatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Kalit bir yoki bir necha maydonni o’z tarkibiga olishi mumkin. Agar kalit faqat bir maydondan iborat bo’lsa, oddiy deb, aks holda, u tarkibiy kalit deb ataladi.
Jadvalda STUDENT faylining mantiqiy strukturasi keltirilgan.
|
| |