|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 62/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMengamer ranglar - spektrlari xar xil, ammo bir xil rang beruvchi nurlar.
Merkl jumboqlari - Robert Merkl tomonidan ishlab chikilgan kalitlarni tarkatish algoritmi. Uning moxiyati, shifrlash uchun foydalaniladigan mahfiy kalitni ko‘p sonli jumboklar yigmasining ichida berkitib uzatishdadir. Xar bir jumbok shifrlangan matnni ifodalab, kichik kalitlar fazosida blokli shifrdan foydalanib olingan kriptografik kalitni uz ichiga oladi.
Metaizlash mexanizmi - Boshqa izlash tizimlariga so‘rov berib, ularning barchasidan olingan natijalarni umumlashtiruvchi izlash tizimi. Aslida, foydalanuvchi izlashni makbullashtirish uchun bitta izlash tizimidan foydalanish bilan cheklanib kolmasdan ko‘p izlash tizimlaridan
101
foydalanadi. Metaizlash tizimlari misoli sifatida Dogpile, CurryGuide, Excite, Fazzle larni ko‘rsatish mumkin.
Metakompyuting - Kompyuter tarmoqlaridan milliy va jaxon mikyosidagi taqsimlangan hisoblash tizimini yaratish uchun foydalanish. Metakompyuting maqsadi xududiy taqsimlangan va Internetga ulangan yuqori quvvatli kompyuter va chekka qurilmalarini xoxlagan shaxsiy kompyuter yoki ishchi stansiyasidan foydalanish mumkin bo‘lgan, foydalanuvchi va dasturlashtiruvchilar uchun yagona hisoblash muhiti bo‘lgan uta kuchli kompyuter yoki metakompyuterga aylantirish imkonini
beruvchi dasturiy ta’minotni yaratishdir. Bunda foydalanuvchi bitta, birok stolida turgan mashinadan anchagina katta mashina bilan ishlash tasavvuriga ega bo‘ladi.
Metama’lumotlar - Ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar. Unga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar tarkibi, mazmuni, statusi (dolzarbligi va yangilanishi), kelib chiqishi (olish usullari va shartlari), joylashishi, sifati (tulikligi, karama-karshi emasligi, ishonchliligi), chiqarish formatlari va shakllari, olish shartlari, sotib olish va foydalanish, ma’lumotlarga bo‘lgan mualliflik, mulk va ular bilan chegaradosh xuquqlar va boshqa tavsifnomalar to‘g‘risida axborotga ega kataloglar, ma’lumotnomalar, reyestrlar. Metama’lumotlarni taqdim
etishning barcha formatlari ulardan foydalanuvchi dastur bilan chambarchas bog‘liq. Metama’lumotlar kataloglar tavsifi va ma’lumotlarning saqlanish joyida joylashish chizmalarini tasvirlash uchun zarur. Metama’lumotlar, shuningdek, vaqt, ma’lumotlar manbai va qabul kiluvchisi, amalga oshirilgan ugirish algoritmini aniqlash, ya’ni zarur bo‘lganda umumlashmalar asoslangan dastlabki axborotni topish imkonini beradi.
Metafayl - Tarkibida boshqa fayllar bo‘lgan yoki boshqa fayllarni belgilovchi fayl. Fayllar fayli deb ataluvchi metafayl tushunchasi ma’lumotlarga, ayniksa tasvirlarga, ishlov berish sohasining tezda kengayishi sababli kiritilgan.
102
Negaki, tasvirlar odatda bitta seans bilan cheklanmaydi va ularni qayta ishlatish uchun saqlash lozim. Ularni, shuningdek, tarmoq orqali bitta axborot tarmoqlaridan boshqalarga uzatish lozim. ISO XEK bilan birgalikda “kompyuter grafikasi metafayli” CGM deb ataluvchi standartni ishlab chikib tasdiklagan. U rastr tasvirlar va vektor tasvirlar xususiyatlarini uz ichiga olgan. Mazkur standart metafayl tuzilishi, ya’ni uning u yoki bu elementlarining turi va joyini belgilaydi.
Mijoz-server. 1.Butunlay mijozlar, serverlar va tarmoq majmuasi. 2. Tarmoq qurilishining arxitekturasi yoki tuzilmasi (shu jumladan lokal va tarmoqlangan). Unda, hisoblash yuklamasini ikkiga, ya’ni, tarmoq tarkibiga kiritilgan “mijoz” funksiyasini bajaruvchi kompyuterga va bitta quvvatli markaziy kompyuter – “server”ga bo‘lib beriladi. 3. Xizmatlarni ta’riflashning umumiy usuli va shu xizmatlar uchun foydalanuvchi jarayonlarining (dasturlarining) modeli. Vazifani bajarish ikki qismga bo‘linadi: so‘nggi foydalanuvchi (mijoz qismi) tizimi so‘rovlar beradi va server qismi (resurslar zaxirasi) ularga ja vob beradi
|
| |