• Mashina kodi
  • Mashina so‘zi
  • Mashina tafakkuri
  • Mashinalarni o‘zaro ta’siri
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet60/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Master diagramm - mustaqil ravishda diagrammani kurishni yakunlaydi.
    Masshtablanuvchanlik (scaling) - Qurilmaning bir xil vazifalarni bajaruvchi funksional bloklar sonini ko‘paytirish orqali uz imkoniyatlarini oshirish xususiyati.
    98
    Matematik mantiq - Mantiq fani bo‘limi. U matematika uslublari asosida rivojlantiriladi. Unga fikr (xukm) larni asoslash, isbotlar, mantiqiy xulosalar chiqarish kiradi. Buning uchun matematik mantiqda algebra uslublari va algoritmlar nazariyasi qo‘llaniladi.
    Mashina kodi - Mashina kodi (yana shaxsiy kod yoki platformaga yo‘naltirilgan kod, yoki tugma kod, yoki negativ kod - inglizcha nativecodeatamasi bilan xam nomlanadi) - muayyan hisoblash mashinasining buyruqlar (tili) tizimi. U shu mashinaning mikroporsessori yoki mikrodasturi orqali interpretatsiya kilinadi.
    Mashina so‘zi - Hisoblash tizimining apparatli qismi tomonidan bir butun bo‘lib ishlov beriluvchi ketma-ket (odatda ikki, turt yoki sakkiz) baytlar to‘plami. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan va mashina vositalari tomonidan ishlov berilayotganda yagona kod guruhi (so‘z) sifatida qabul kilinuvchi ramzlar (raqamlar, xarflar va x.k.)ning tartibga solingan to‘plami. Mashina so‘zlari raqam, buyruq, xarfli yoki xarfli-raqamli ma’lumotlar shaklida bo‘lishi mumkin. Mashina so‘zi odatda o‘zaro bog‘liq va farqlanishi uchun qayta raqamlangan xonalar (ramzlar xolatlari)dan iborat bo‘ladi.
    Mashina tafakkuri – kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy tafakkur.
    Mashina tili - Kompyuter tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompilyatsiyasiz bajarilishi mumkin bo‘lgan jami mashina ko‘rsatmalaridan iborat kompyuter tili. Ko‘rsatmalar va ma’lumotlar binar shaklda taqdim etiladi. Mashina tili kompyuter apparat ta’minotining ona tili bo‘lib, kompyuterning barcha vazifalarini nazorat kiluvchi mikroprotsessor tushunadigan yagona tildir. Kompyuterda ishlov beriladigan barcha dastur va ma’lumotlar ma’lum bosqichda albatta mashina tiliga ugiriladi.


    99
    Mashinalarni o‘zaro ta’siri - mashinalar bir-biri bilan ma’lumot almashish, yoki bir tomonlama uni uzatish imkonini beradigan texnologiyalari umumiy nomi. Bu simli va simsiz sensor monitoring tizimlari yoki har qanday qurilma parametrlari (harorat, joylashuvi va boshqalar) bo‘lishi mumkin.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150




    Download 1,42 Mb.