|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 57/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатMantiq (logika) - Mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining ob’ekti - tafakkur qonunlari,
94
shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u urganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqka, dialektik mantiq dinamik borliqka oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab utgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida tuldiri b, uz zamonasi uchun eng muxim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost yo yolgon bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanok tizimiga xos fikrlar, ya’ni xukmlar ustida matematik taxlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib
XIX asr urtalarida irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir okibatda XX asr urtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan.
Mantiqiy analizator - Raqamli qurilmalarning mantiqiy xolatlarini yozish va taxlil qilish qurilmasi. Mikroprotsessorli tizimlarning aloqa kanallarini xamda protokollarini diagnostika qilish va sozlashda qo‘llaniladi.
Mantiqiy bomba - Biror-bir shart bajarilsa ishga tushib ketadigan va avtomatlashtirilgan tizim resurslarining (ma’lumotlar, dasturiy yoki apparat ta’minoti) shikastlanishiga olib keladigan kompyuter dasturi yoki dastur bulagi.
Marshrutizator (router) - Tarmoq trafigini uzatishning bir yoki bir necha marshrutlarini tanlash bo‘yicha karorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq haqidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir necha mezonlar asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokollari ishlatiladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun
95
marshrutizatorlar bir- biri orasida tarmoqning ayni paytdagi xolati haqidagi ma’lumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, ya’ni paketlarning tarmoq buylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shugullanuvchi tarmoq kompyuteri. Ma’lumotlar bloklarini marshrutlash bilan shugullanuvchi qayta uzatish tizimi.
|
| |